Madaniyat

Oʻzbekiston xalq artisti, marhum Botir Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

© Sputnik / Aleksey Varfolomeyev / Fotobankka oʻtishSolistы ansamblya "Yalla" Farux i Batыr Zakirovы
Solistы ansamblya Yalla Farux i Batыr Zakirovы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Botir Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.
TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Botir Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.
Oʻzbek estradasi asoschisi, sanʼatkor Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.
Jamiyat
Botir Zokirov fondi ijrochilar tanlovi eʼlon qildi
“Oʻzining buyuk isteʼdodi, noyob va betakror ijodi bilan oʻzbek estrada sanʼatiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari oʻrtasida keng targʻib etishga qoʻshgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib hamda tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk sanʼatkor, Oʻzbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimovich Zokirov ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan mukofotlansin”, - deyilgan hujjatda.
Prezidentning 2020 yil 2 dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2021 yilda Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi nishonlanadi. Toshkentda sanʼatkor haykalini oʻrnatish belgilangan.
Oʻzbek estrada xonandasi, dramaturg va aktyor 1936 yil 26 aprelda Moskvada tugʻilgan.
Oʻzbekistonda estrada sanʼatining shakllanishi va rivojlanishi uning nomi bilan bogʻliq.
1965 yilda Oʻzbekiston SSR xalq artisti unvonini oldi. 1985 yil 23 yanvarda Toshkentda vafot etdi. U Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala