O‘zbekistonda yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti
Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Obuna bo‘lish
Quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirish marosimda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Navoiy viloyati Karmana tumanida respublikadagi ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSolnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti
Solnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Solnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti
Mazkur majmua qurilishi o‘tgan yili boshlangan edi. 110 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 300 mingta quyosh panellari o‘rnatildi. Uning quvvati 100 megaVatt.
“Ushbu stansiya yangi O‘zbekiston energetika tizimida birinchi ulkan qadam, ta’bir joiz bo‘lsa, “birinchi qaldirg‘och” bo‘lib, soha rivojida mutlaqo yangi davrni boshlab bermoqda. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi,” - dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSolnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti
Solnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Solnechnaya elektrostansiya v Navoyiskoy oblasti
“Nur Navoiy solar” nomli ushbu loyiha Birlashgan Arab Amirligining “Masdar” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Prezident mazur davlat bilan o‘zaro hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Birgina energetika sohasida umumiy qiymati qariyb 1,5 milliard dollar bo‘lgan 1 ming 700 megaVattli 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatining o‘zida 2023-yilda “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda 500 megaVattli shamol stansiyasi va “Fanes grupp” ishtirokida 200 megaVattli quyosh stansiyasi barpo etiladi.
Davlat rahbari fotoelektr stansiyasi qurilishida ishtirok etgan xorijiy investorlar, barcha quruvchi va mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti
Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti
Bu stansiyaning ahamiyati shundaki, aholi va sanoatning o‘sib borayotgan ehtiyojini barqaror energiya bilan ta’minlaydi. Narxi ham arzon - 1 kiloVatt soat uchun 2,67 AQSh senti.
Yana bir muhim jihati, bunday loyihalar tufayli yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlari, zamonaviy texnologiyalar paydo bo‘lmoqda.
Xususan, mazkur stansiya qurilishi uchun “O‘zelektroapparat” korxonasidan elektrotexnika jihozlari, “O‘zbekkabel”, “Eych-Pi-Si sistems” korxonalaridan kabellar, Bektemir metall konstruksiyalari zavodidan tayanch ustunlar keltirilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti
Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti
Umuman, bunday yirik loyihalar mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yiliga kamida 1 milliard dollarlik yangi bozor, elektrotexnika klasteri tashkil etish uchun puxta zamin yaratadi.
Ushbu klasterda quyosh panellari, kabel mahsulotlari, transformatorlar, akkumulyatorlar, elektr dvigatellar, shamol elektr stansiyasi uchun generator va tayanch uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish mumkin. Bu minglab yangi ish joylari deganidir.
Prezident iqtisodiyot, jumladan, energetikani rivojlantirishga qaratilgan rejalarni ham aytib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti
Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti
“Kelgusi 5-yilda iqtisodiyotimiz o‘sishini 1,5 barobarga oshirib, yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 100 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz. Bu borada o‘rta va yirik shakldagi minglab yangi sanoat korxonalari ishga tushirilib, elektr energiyasiga ehtiyoj 100 milliard kiloVatt soatga yetadi. Bu raqam – hozirgidan 30 milliard kiloVatt soatga ko‘p degani.
Shuning uchun, elektr energiyasi sohasida yangi islohot va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha juda katta rejalarni belgilab olganmiz. Jumladan, kelgusi 5-yilda qiymati 6,5 milliard dollar bo‘lgan 19 ta loyiha hisobidan qo‘shimcha ravishda 11 ming 500 megaVatt yangi quvvatlar ishga tushiriladi. 2030-yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 30 foizdan ortadi. Elektr energiyasini hududlarga yetkazish uchun 500 va 220 kilovoltli 3 ming kilometr yangi elektr tarmoqlari barpo etiladi,” - dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2021
Mirziyoyev nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi
Shu bilan birga, bugungi kunda past kuchlanishli tarmoqlarning 66 foizi, podstansiyalarning 74 foizi va transformator punktlarining 50 foizdan ko‘prog‘i eskirgan. Shu bois kelgusi besh yilda jami 70 ming kilometr past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 22 ming dona transformator va 100 dan ortiq podstansiyalar yangilanishi qayd etildi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari yagona energetika zanjirini tashkil etish va bu sohadagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Shu maqsadda, elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi, mintaqa energiya tizimini o‘zaro bog‘laydigan qo‘shimcha magistral tarmoqlar qurilishi ma’lum qilindi.
Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy dastakni harakatga keltirib, quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirdi.
Tadbirda ishtirok etgan muhandis va quruvchilar, navoiylik nuroniylar va yoshlar, shuningdek, xorijiy investorlar so‘zga chiqib, yangi stansiyaning ahamiyati haqida gapirdi.
Yangiliklar lentasi
0