Migratsiya

Moskva meri “deport” va “zapret” qoʻyilgan migrantlar sonini maʼlum qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishPribыtiye poyezda Tashkent-Moskva
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Sobyaninning soʻzlariga koʻra, oʻn yetti yarim ming nafar migrantga Rossiyaga kirish uchun “zapret” qoʻyildi.
TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. MDH davlatlaridan qariyb 200 kishi tartibbuzarlik uchun Moskvadan deportatsiya qilindi. Bu raqamlarni Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin oʻz shaxsiy blogida keltirdi.
Shuningdek, unga koʻra, 17,5 ming migrantning Rossiyaga kirishi taqiqlandi.

Soʻnggi paytlarda bir nechta jiddiy qonunbuzarliklar, ommaviy mushtlashuvlarr sodir boʻldi. Bunday ketmaydi. Bunday mehmonlardan mamnun emasmiz. Shu bois soʻnggi oylarda politsiya qattiq reydlar oʻtkazdi.

Vыborы mera Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston
Sergey Sobyanin
Moskva meri
Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi vaqtda 800 ta jinoiy ish qoʻzgʻatildi, 200 nafarga yaqin kishi deportatsiya qilindi, 17,5 ming kishiga mamlakatga kirish taqiqlangan.
Sobyanin MDH davlatlaridan anʼanaviy ravishda yuz minglab migrant ishga joylashish uchun Moskvaga kelishini eslatdi.
Uning soʻzlariga koʻra, ularning koʻpchiligi qonunga boʻysunadi: patent olib, toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlaydi.
Hozir Moskvada 800 mingga yaqin chet ellik istiqomat qiladi, bu bir yil avvalgiga qaraganda 200 mingga kam. Poytaxt IIBB maʼlumotlariga koʻra, bular asosan Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari.
Rossiyaga viza bilan kelgan chet elliklar orasida, asosan, Xitoy fuqarolari - 13%, Turkiya va Vyetnam fuqarolari - 10%.
Eslatib oʻtamiz, 13 iyul kuni “Kuzminki” metro stantsiyasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 200-400 nafar migrant ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala