Rossiya

Moskvada yana ommaviy mushtlashuv: salkam 50 kishi ushlandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPolitseyskiy reyd
Politseyskiy reyd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Moskva markazida yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan soʻng qariyb 50 kishi ushlandi.
TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Moskva markazida yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan soʻng qariyb 50 kishi ushlandi, deb xabar berdi RIA Novostiga Moskva IIV bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Politsiya maʼlumotlariga koʻra, voqea kecha kechqurun Baumanskaya koʻchasida sodir boʻldi.
Guvohlardan birining aytishicha, mushtlashuvni bir necha kishi boshlashdi, ular oʻrtasida nizo kelib chiqqan, lekin politsiya kelishiga qadar hammasi gʻoyib boʻldi.
Voqeaga aloqadorligini tekshirish, shuningdek guvohlarni aniqlash uchun 49 kishi politsiya boʻlimiga olib kelindi. Ulardan 15 nafariga nisbatan mayda bezorilik toʻgʻrisida bayonnoma tuzildi, qolganlari bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Jarohat olganlar haqida maʼlumot yoʻq. Politsiya tekshiruv oʻtkazmoqda.
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Migratsiya
Moskva meri “deport” va “zapret” qoʻyilgan migrantlar sonini maʼlum qildi
Bu soʻnggi vaqtda Moskvada sodir boʻlgan birinchi voqea emas. Shu kunlarda Admiral Kornilov koʻchasidagi xostelda migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Politsiya 20 nafardan ortiq kishini qoʻlga oldi, ularning hammasi 12 sutkaga qamoqqa olindi.
Iyul oyida "Kuzminki" metro bekati yaqinida mushtlashuvda Markaziy Osiyodan kelgan 200 nafaga yaqin migrant qatnashdi. Oʻshanda 102 kishi izolyatorlarga olib kelindi.
Moskva meri Sergey Sobyaninning soʻzlariga koʻra, politsiya tomonidan ommaviy mushtlashuv va boshqa qonunbuzarliklar yuzasidan 800 ta jinoiy ish qoʻzgʻatildi. 200 nafarga yaqin migrant deportatsiya qilindi, 17,5 ming nafar kishiga mamlakatga kirish taqiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala