Jamiyat

Oʻzbekistonda 215 nafar mahkum afv etildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan 215 nafar mahkum afv etildi.
TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 215 nafar shaxs afv etildi.
Feyerverk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Jamiyat
Mustaqillik bayrami tadbirlari ochiq maydonlarda oʻtkaziladi
Afv etilgan shaxslarning 3 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 127 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 12 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 73 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 14 nafarini ayollar, 12 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 69 nafarini chet davlat fuqarolari, 15 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala