Dunyoda

Qozogʻistonda 29 avgust kuni milliy motam kuni deb eʼlon qilindi

© Akimat Almatinskoy oblastiFlag respubliki Kazaxstan
Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Qozogʻiston prezidenti 29 avgustni mamlakat janubida oʻq dorilar ombori portlashi qurbonlari uchun motam kuni deb eʼlon qildi.‌‌
TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Qozogʻistonda 29 avgust kuni milliy motam kuni deb eʼlon qilindi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevtegishli hujjat imzoladi.
26 avgust kuni Qozogʻistonning Jambil viloyatidagi harbiy qism omborida 6ta portlash yuz berdi. Omborda 500 tonna trotil saqlangan.
Vzrыvы na sklade v Jambыlskoy oblasti Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Dunyoda
Qozogʻistondagi oʻq dorilar omborida kuchli portlash yuz berdi - video
Oʻq dorilar omboridagi portlashlar vaqtida snaryad parchalarining tarqalish radiusi ikki kilometrgacha boʻldi.
Yongʻin va portlashlar oqibatida 13 kishi halok boʻldi, 90 nafar kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 6 nafari ogʻir ahvolda.
Hududdan 1200 nafarga yaqin aholi evakuatsiya qilindi.
Mudofaa vazirligi qasddan oʻt qoʻyish yoki qoʻporuvchilik boʻlishi mumkinligini istisno qilmayapti. Shuningdek, versiyalar orasida - xavfsizlik talablarini buzish, oʻz-oʻzidan yonish va kimyoviy reaktsiya.
Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev fojiali voqea oqibatida insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan Qozogʻiston prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala