Qozog‘istonda 29-avgust kuni milliy motam kuni deb e’lon qilindi

© Akimat Almatinskoy oblastiFlag respubliki Kazaxstan
Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti 29-avgustni mamlakat janubida o‘q dorilar ombori portlashi qurbonlari uchun motam kuni deb e’lon qildi.‌‌
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Qozog‘istonda 29-avgust kuni milliy motam kuni deb e’lon qilindi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevtegishli hujjat imzoladi.
26 avgust kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi harbiy qism omborida 6ta portlash yuz berdi. Omborda 500 tonna trotil saqlangan.
Vzrivi na sklade v Jambilskoy oblasti Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
Qozog‘istondagi o‘q dorilar omborida kuchli portlash yuz berdi - video
O‘q dorilar omboridagi portlashlar vaqtida snarad parchalarining tarqalish radiusi ikki kilometrgacha bo‘ldi.
Yong‘in va portlashlar oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 90 nafar kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda.
Hududdan 1200 nafarga yaqin aholi evakuatsiya qilindi.
Mudofaa vazirligi qasddan o‘t qo‘yish yoki qo‘poruvchilik bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Shuningdek, versiyalar orasida - xavfsizlik talablarini buzish, o‘z-o‘zidan yonish va kimoviy reaksiya.
Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev fojiali voqea oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0