Jamiyat

“Foreign Languages” teleradiokanali tashkil etiladi

© Unsplash / Erik Mclean Pult ot televizora
Pult ot televizora - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Telekanal oʻz dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi.
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. “Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Oilaviy” telekanali negizida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan “Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi.
Telekanal oʻz dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn oʻrgatishga ajratiladi.
Bolalar uchun moʻljallangan xorijiy tildagi televizion asarlar dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda oʻzbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilgan holda efirga uzatiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala