“Foreign Languages” teleradiokanali tashkil etiladi

© Unsplash / Erik Mclean Pult ot televizora
Pult ot televizora - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2021
Obuna bo‘lish
Telekanal o‘z dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. “Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “Oilaviy” telekanali negizida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan “Foreign Languages” xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi.
Telekanal o‘z dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratiladi.
Bolalar uchun mo‘ljallangan xorijiy tildagi televizion asarlar dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda o‘zbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilgan holda efirga uzatiladi.
Yangiliklar lentasi
0