Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkanadi

© Sputnik / Vera Golosova / Mediabankka o‘tishNiagarskiy vodopad
Niagarskiy vodopad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2021
Obuna bo‘lish
Niagara sharsharasining mamlakat bayrog‘i tusiga kirishi 15 daqiqa davom etadi va uni onlayn tomosha qilish mumkin.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. 1-sentabr kuni AQSh va Kanada chegarasida joylashgan Niagara sharsharasi O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi sharafiga respublika milliy bayrog‘i ranglariga burkanadi.
"Dunyo" AA xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning AQSh va Kanadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchixonasi Niagara sharsharasi ma’muriyati bilan ushbu tadbirni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, G‘arbiy yarim sharning eng katta sharsharasining O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga bezanishini 1-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 22:30 da (2 sentabr Toshkent vaqti bilan 07:30 da) jonli efirda quyidagi ilovada (https://www.earthcam.com/canada/niagarafalls/?cam=niagarafalls_str.) tomosha qilish mumkin
V ramkax Festivalya molodeji ustanovili flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2021
Qashqadaryodagi eng baland cho‘qqiga O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi
Niagara sharsharasining mamlakat bayrog‘i tusiga kirishi 15 daqiqa davom etadi.
AQSh va Kanadada yashovchi o‘zbekistonliklar esa ushbu tadbirni veb-saytidagi anketani to‘ldirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyatiga ega.
Niagara Shimoliy Amerikada eng mashhur sharshara va eng yirik sayyohlik hududi hisoblanadi. Sharsharani ko‘rish uchun har yili butun dunyodan millionlab sayyohlar keladi.
Sharshara kengligi 792 metr, balandligi esa 53,6 metrni tashkil etadi. Undan tushayotgan suv hajmi sekundiga 2,2 million kubometrga teng. Niagara sharsharasini tunda yoritish uchun 1,4 mingta yoritgichdan foydalaniladi. Ular birgalikda 16 milliondan ortiq rangda turli kompozitsiyalarni tashkil etish imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekiston mustaqilligining 29-yilligi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati - Burj Xalifada O‘zbekiston bayrog‘i 1-sentabr kuni 1 daqiqa davomida namoyish etilgandi.
Yangiliklar lentasi
0