O‘zbekistonlik talabalarning Rossiyada tahsil olishi: kvota, emlanish va yotoqxona

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2021
Obuna bo‘lish
1 sentabr yaqinlashib kelmoqda va ko‘plab o‘zbekistonlik talabalarni pandemiya sharoitida Rossiyaga kelish va o‘qish sharoitlariga oid savollar o‘ylantirashi tabiiy.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Anna Cherkasova. Rossiya oliygohlari MDH mamlakatlaridan bo‘lgan talabalarni qabul qilishga tayyormi va qanday shartlar asosida, chet elliklar uchun kvotalar naqadar ko‘paytiriladi, Sputnik muxbiri shu va boshqa masalalarni Rossiya Davlat dumasining ta’lim va fan bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Lyubov Duxanina bilan muhokama qildi.
Lyubov Duxaninaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga o‘qishga kelmoqchi bo‘lgan hamma xorijliklar talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berilishi mumkin. Bu masala tez kunda Davlat dumasidaMa’lumot uchun
Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 688 ta OTMda 297,9 ming xorjlik talaba tahsil oladi. Oliygohlar orasida Qozon federal universiteti (KFU) – 9 256, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) – 7 569, “Sinergiya” Moskva moliya-sanoat universiteti – 7 008; “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadiqiqot universiteti (NIU VShE) – 5 238; Potr Birinchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) – 5 036 mashhur. ko‘rib chiqiladi.
Deputat bugungi kunda Rossiya hududiga parvozlar qayta tiklangan va epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan mamlakat fuqarolari kirishi mumkinligini eslatdi. OTM har bilan mamlakatga kelayotgan xorijlik talaba haqida Rossiya Raqamlar vazirligiga xabar berishi shart. Bu chet ellikning chegarani kesib o‘tishda biror muammoga duch kelmasligi uchun qilinadi.
O‘z o‘rnida, talabalar o‘z instituti yoki universitetini o‘zining kelish sanasi haqida oldindan xabardor qilishlari lozim. Bundan tashqari, koronavirusga topshirilgan PZR testining musbat natijasi qo‘lida bo‘lishi kerak. Rossiyaga kelgandan keyin 72 soat ichida qaytadan koronavirus test topshirish talab qilinadi. Test javobi tayyor bo‘lgunga qadar xorijlik talaba masofaviy shaklda o‘qib turadi.

Qaysi vaksina bilan Rossiya OTMga kiritishadi

Ko‘pchilik o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya oliygohlari ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy yoki “AstraZeneca”, “Pfizer” bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni tan oladimi yoki yo‘qmi degan o‘ylantiradi.
“Rossiya mamlakatlarga emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olish tamoyilidan foydalanishni taklif qildi, shunday ekan bunda muammo tug‘ilmaydi”, - dedi Duxanina.
Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi rahbari Valeriy Falkov talabalar emlanganligi yoki emlanmaganidan qat’i nazar ularning hammasining mashg‘ulotlarga qatnashga va yotoqxonaga joylashish imkoni bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, emlanmagan talabalarni masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazish, yotoqxonaga joylashish vaqtida immunizatsiyasini inobatga olish tavsiya qilinmoqda.
Distansionnoe obuchenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Rossiyada emlanmagan talabalarni masofaviy ta’limga o‘tkazish tavsiya qilindi
Qayd etilishicha, OTMlar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkillashtiradi. Duxaninaning so‘zlariga ko‘ra, ayrim oliygohlar talabalarni an’anaviy va masofaviy ta’lim shakli uchun guruhlarga ajratmoqda.
“OTM iz imkoniyatlaridan va infratuzilmasidan kelib chiqqan holda talabalarni o‘qitish jarayonini tashkillashtiradi, lekin Rospotrebnazdor tomonidan tavsiya qilingan qoidalarga rioya qilgan tarzda”, - deydi Lyubov Duxanina.

Rossiya OTMlarida xorijlik talabalar uchun kvota ikki baravarga ko‘paytiriladi

Deputatning ma’lum qilishicha, yaqin yillarda Rossiyada Hukumat tomonidan belgilangan kvota doirasida tahsil oladigan chet ellik talabalar soni ikki baravarga oshadi.
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Karantin va vaksina: Rossiyada xorijlik talabalar o‘qishi qanday tashkil qilinadi
Yildan yilga Rossiyada o‘qish istagida bo‘lgan boshqa mamlakat fuqarolaridan kelib tushayotgan arizalar soni o‘sib bormoqda.
2021-2022 yillarda kvota 18 ming kishiga berilgan, kvotalar soni 2022-2023 yillarda 23 ming, 2023-2024 yildan boshlab 30 mingtaga yetadi.

Ma’lumot uchun

Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 688 ta OTMda 297,9 ming xorjlik talaba tahsil oladi. Oliygohlar orasida Qozon federal universiteti (KFU) – 9 256, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) – 7 569, “Sinergiya” Moskva moliya-sanoat universiteti – 7 008; “Iqtisodiyot oliy maktabi” milliy tadiqiqot universiteti (NIU VShE) – 5 238; Potr Birinchi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) – 5 036 mashhur.
Yangiliklar lentasi
0