Hodisalar

Surxondaryoda “Malibu” haydovchisi yoʻlda ketayotgan yuk mashinasini oʻqqa tutdi

CC0 / pixabay / Pistolet v ruke. Illyustrativnoye foto
Pistolet v ruke. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Boysun tumanida haydovchi "KamAZ" yuk mashinasiga pnevmatik toʻpponcha bilan 2 marta oʻq uzgan.
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasini pnevamatik toʻpponchasidan oʻqqa tutgan haydovchiga qarshi jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 27 avgust kuni soat 16:34 atrofida tumanning Shifobuloq mahallasi hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlida roʻy bergan. "Malibu" haydovchisi D.M. "KamAZ" yuk mashinasiga qarata toʻpponchadan 2 marta oʻq uzgan.
Aptechka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Hodisalar
Qarshilik erkak doʻstining koʻziga toʻpponchadan oʻq uzdi
Hozirda toʻpponcha, 1 dona magazin va oʻqlar tekshirib koʻrish uchun hujjatlashtirib olingan.
D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala