Jamiyat

Xorazmlik ayolning salomatligi bilan roʻy bergan holat emlanishga bogʻliq emas – SSV

Shprits - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Aniqlanishicha, ayol gepatit S va ikkala koʻz miopiya yengil darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan.
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. SSV ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaktsina olgandan soʻng ahvoli ogʻirlashgani aytilgan fuqaro yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, videolavhadagi fuqaro S.YO. 30 yoshda. U ilgari meningit belgilari bilan muolaja olgan, gepatit S va ikkala koʻz miopiya yengil darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan.
Fuqaro 27 avgust kuni shifokor koʻrigidan oʻtkazilib, vaktsina olishga qarshi koʻrsatma boʻlmaganligi sababli koronavirusga qarshi emlangan va oilaviy shifokor kuzatuvida boʻlgan. Vaktsina olgandan keyin hech qanday nojoʻya taʼsirlar kuzatilmagach, akasi S.O.ning uyiga ketgan.
Vaktsinatsiya Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Hodisalar
Vaktsina olganidan keyin fuqaroning ahvoli ogʻirlashgani aytilmoqda: SSV tekshiruvni boshladi
Shu kuni tungi soat chamasi 21:17larda S.Yoda umumiy holsizlik, qoʻl-oyoq tortishishi, nafas qisishi kabi belgilar kuzatilgan va shundan soʻng fuqaroning yaqinlari tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Tibbiy brigada tomonidan S.Yoga “Vegetotomir distoniyasi” dastlabki tashxisi qoʻyilib, unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Soʻng u tekshiruv va davolash uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialiga olib borilgan. U davolash muassasasi qabul boʻlimida nevropatolog shifokor tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, belgilangan standartlar asosida zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan va kuzatuvda boʻlishi tushuntirilgan. Biroq, fuqaro shifoxonada yotishdan bosh tortgan.
“Videomurojaatda koʻzi koʻrmay qolganligi qayd etilgan S.YO. mazkur davolash muassasasi qabulxonasiga tez yordam mashinasidan mustaqil tushib, shifokor qabuliga oʻzi yurib kirganligi va yurib chiqib ketganligi videolavhada aytilgan soʻzlar haqiqatga mos kelmasligini koʻrsatadi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, bugun Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Gʻayrat Qoriyev boshchiligidagi neyroxirurg, infektsionist, nevropatolog, oftalmolog va immunolog kabi qator mutaxassislar S.YO.ni yana bir bor tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan. Koʻrik davomida S.YO.ning ahvoli qoniqarli, nafas olishi va yurak urishi meʼyoridaligi maʼlum boʻlgan. Qolaversa, uning koʻz tubida patologik oʻzgarishlar aniqlanmagan. Ayni paytda S.YO. oʻzini yaxshi his qilmoqda.
“Tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan bosh mutaxassislarning yakuniy xulosalariga koʻra, fuqaro S.YO.ning bir kun avvalgi sogʻligʻidagi oʻzgarishlar emlash bilan bogʻliq emasligi oydinlashgan”, - deyilgan vazirlik xabarida.
SSV bugungi kunda mamlakatga olib kelinayotgan va butun dunyoda qoʻllanilayotgan koronavirusga qarshi vaktsinalar boʻyicha maʼlum qarshi koʻrsatmalar boʻlib, eng asosiy moneʼliklardan biri bu - anafilaktik shok ekanini eslatgan.
Ushbu holat avval boshqa dorilar yoki vaktsinaga nisbatan qandaydir reaktsiyalar va anafilaktik shok yuz bergan bemorlardagina kuzatilishi mumkin. Boshqa hech bir insonda bunday noxush holat roʻy bermaydi. Vaktsina qilishga eng asosiy monʼyeliklardan biri hisoblangan anafilaktik shok holati vaktsina qilingandan keyin 30 daqiqa ichida roʻy berishi mumkin.
Medik gotovit shprits s vaktsinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Jamiyat
Koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi
Taʼkidlanishchia, xorazmlik S.YO. esa emlashdan avval hamda vaktsina olgandan soʻng tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan va hech qanday salbiy taʼsirlar kuzatilmagandan soʻnggina uyiga ruxsat berilgan.
Agar S.YO.ning sogʻligidagi salbiy oʻzgarishlar chindan ham vaktsina bilan bogʻliq boʻlganida, unda 30 daqiqa ichida anafilaktik shok yoki bir nuqtaga qarab, qotib qolish holati kuzatilgan boʻlardi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada koʻrish mumkinki, S.YO.ning es-xushi joyida, yon-atrofidagi gap-soʻzlarni eshitib, tushunib turibdi, hech qanday sudurgi holatlari yoʻq.
Vazirlik fuqarolardan koronavirusga qarshi emlash tadbirlariga toʻgʻri munosabatda boʻlishlarini, vaktsina haqida fikr bildirishdan avval masalaga mulohaza bilan yondoshishlarini, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan kimnidir obroʻsizlantirish, aholi oʻrtasida emlash boʻyicha notoʻgʻri tassavvur uygʻotish maqsadida foydalanmasliklarini soʻrab qolgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala