Dunyoda

Dunyodagi eng ishonchli valyuta qaysiligi aytildi

© PiqselsShveytsarskiye franki
Shveytsarskiye franki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Rossiyalik tahlilchining fikricha, shveytsariya franki dunyodagi eng barqaror va ishonchli valyutalardan biri sanaladi.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Shveytsariya franki dunyodagi eng barqaror va ishonchli valyutalardan biridir. Bu haqda “BKS Mir investitsiy” jamgʻarma bozori boʻyicha ekspert Dmitriy Babin “Praym” agentligi bilan suhbatda maʼlum qildi.
Iqtisodchining taʼkidlashicha, frankning barqarorligi mehnatning yuqori ixtisoslashgani va biznes yuritish uchun koʻngildagidek shart-sharoitlari bilan ajralib turuvchi Shveytsariya iqtisodiyotiga bevosita bogʻliq.
“Dunyodagi eng yirik oltinni qayta ishlovchi hamda Yevropaning amaldagi bank va moliya poytaxti boʻlgan holda mamlakat haqiqatdan dunyodagi eng ishonchli moliyaviy-iqtisodiy tizimlaridan biri sifatida obroʻga ega”, - dedi tahlilchi.
U oʻtgan yili koronavirus pandemiya sabab barcha bozorlar jabr koʻrganini eslatdi. Shveytsariya franki esa bozorlar qayta tiklanayotgan paytda keskin koʻtarilib, mustahkamlanishda davom etgan.
“Galdagi inqiroz yana Shveytsariya frankini ishonchli himoyali valyuta sifatida isbotlashini taxmin qilish mumkin”, - deb hisoblaydi Babin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala