Siyosat

Germaniya tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s Federalnыm ministrom inostrannыx del Federativnoy Respubliki Germaniya Xayko Maasom
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s Federalnыm ministrom inostrannыx del Federativnoy Respubliki Germaniya Xayko Maasom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Oʻzbekiston va Germaniya Afgʻoniston yoʻnalishida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. 30 avgust kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga tashrif bilan kelgan germaniyalik hamkasbi Xayko Maas bilan uchrashuv oʻtkazdi.
TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi koʻrib chiqildi.
Shuningdek, Afgʻonistondagi bugungi vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. Xayko Maas Oʻzbekiston tomoniga Afgʻonistondan Germaniya va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining evakuatsiyasini tashkillashtirishda koʻrsatgan yordami uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.
“Tomonlar Afgʻoniston yoʻnalishida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini maʼlum qildilar”, - deyilgan xabarda.
Uchrashuvda ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi.
Evakuirovannыe iz Afganistana v samolete Airbus A400 VVS Germanii v Tashkente, Uzbekistan. Snimok sdelan 21 avgusta 2021 goda. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala