Jamiyat

Hafta oxirida havo +39 darajagacha koʻtariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKishlak Yangiturmush
Kishlak Yangiturmush - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Sentyabr oyining birinchi besh kunligida Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Avgust oyining oxirgi kunlari Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida quruq va huddi yoz oylaridek issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
Faqat Toshkent viloyatida hamda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Bu janubi-gʻarbiy Qozogʻiston hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi bilan bogʻliqdir.
Respublika boʻylab baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati ushbu kunlarda kechalari +15...+20, kunduz kunlari +30...+35 darajani tashkil etadi.
Sentyabr oyining birinchi besh kunligida Mustaqillik bayramini nishonlash kunlarida Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi.
Respublikaning barcha hududida kuchsiz, baʼzi joylarda biroz shamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Harorat yana koʻtarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib kunduz kunlari termometr ustuni +36...+39 darajagacha koʻtariladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala