Video

OAV: Jo Bayden Isroil bosh vaziri bilan muzokaralar vaqti uxlab qoldi — video

Amerika yetakchisi yana jamoatchilik nishoni ostida qoldi. Bu safar - Isroil bosh vaziri Naftali Bennet bilan oʻtkazilgan matbuot-anjumani vaqtida yuz bergan noqulay holat tufayli.
Yetakchilar uchrashuv vaqtida amerika va isroil xalqi oʻrtasidagi munosabatlarning yangi bosqichini muhokama qilganlar.
Hammasi yaxshi kechayotgandek edi, Baydenning uxlab qolganini hisobga olmaganda. Harholda mahalliy OAVlar shunday xabar tarqatdilar.
Tarqatilgan kadrlarga koʻra, Oq uy rahbari qimirlamagan va koʻzlari yumiq holda oʻtiribdi, bu vaqtda esa uning sherigi tinimsiz gapirishda davom etmoqda.
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Dunyoda
Tramp Baydenni sharmandalarcha isteʼfoga chiqishga chaqirdi
Bayden rostdan ham uxlayotgandek taassurot uygʻotdi. Bu bir daqiqacha davom etdi, deb yozadi Express nashri.
Ammo internet foydalanuvchilarining ayrimlari amerika yetakchisining yonini olishga shoshilgan. Ularga koʻra, internetda tarqatilgan video oʻta past sifatda boʻlgani uchun bunday deb ishonch bilan aytish mumkinmas.
C-SPAN teletarmogʻining yuqori sifatli videosida Bayden uygʻoqligini koʻrish mumkin. U hatto qoʻllarini qimirlatib, koʻzlarini pirpiratgan. Soʻngra, isroil bosh vaziri gapini tugatishi bilan, unga javob qaytargan.
Shunisi qiziq-ki, oʻz vaqtida Donald Tramp Bayden ommaviy tadbirlarda uxlab qolishi haqida hazil qilgan edi. Oq uy rahbari Trampdan hatto "Uyqusiragan Jo" laqabini olgan edi.
RF prezidenti Vladimir Putin, oʻz navbatida, "Baydenning Rossiya va Amerika matbuoti tomonidan chiziladigan surati haqiqatga mutlaqo mos emasligi" haqida gapirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala