Jamiyat

Oʻzbekistonga “Sputnik V” vaktsinasining 90 ming doza ikkinchi komponenti keltirildi

© Minzdrav UzbekistanaV Tashkent dostavili 90 tыsyach doz vaktsinы "Sputnik V"
V Tashkent dostavili 90 tыsyach doz vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Ular ushbu vaktsinaning 1-komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlash uchun moʻljallangan.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi yana 90 ming doza “Sputnik V” vaktsinasi keltirildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Hozirgina "Sputnik V" vaktsinasining 90 ming dozalik 2-komponenti yurtimizga olib kelindi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, vaktsinaning bu komponenti ushbu vaktsinaning 1-komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlash uchun moʻljallangan.
Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaktsina 17 million 946 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Pomidor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaktsina yaratildi
Ulardan: 460 000 dozasi "Sputnik V", 986 480 dozasi AstraZeneca, 13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 000 060 dozasi Moderna vaktsinasidir.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ayni kungacha mamlakatda jami 14 million dozadan ziyod vaktsinadan foydalanilgan. 1,7 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi toʻliq emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala