Tseremoniya zajjeniya Paralimpiyskogo ognya v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida
Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabrigacha boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston sportning 8 turida 55 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Paralimpiada-2020: Oʻzbekiston yana bitta oltin va bronza medalga ega chiqdi

Boburjon Omonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor boʻldi. Para-yengil atletikachi Nurxon Qurbonova “bronza”ni qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Tokio shahrida davom etayotgan XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarining oltinchi kungi bahslari Oʻzbekiston vakillari uchun omadli boshlandi.
Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor boʻldi. Sportchi yadroni 14.06 metr masofaga uloqtirishga muvaffaq boʻldi.
Taʼkidlash joizki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 14.31 metr natija qayd etgan holda rekord oʻrnatgan edi, deb eslatadi Turizm va sport vazirligi.
Yana bir para-yengil atletikachi Nurxon Qurbonova F54 toifasida kechgan bahsda Qurbonova 7.77 metr natija qayd etib, shaxsiy koʻrsatkichini yangiladi. Shu bilan birga ushbu natija unga bronza medalini ham taqdim qildi.
Nurxon Kurbanova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Nurxon Kurbanova
Shu tariqa ushbu Paralimpiadadagi Oʻzbekiston vakillari qoʻlga kiritgan medallar 14 taga yetdi. Shulardan 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va qolgan 5 tasi bronza medallaridir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala