Paralimpiada-2020: Shohsanam Toshpo‘latova O‘zbekistonga “bronza” keltirdi

© NOK UzbekistanaUzbekskaya plovchixa Shoxsanam Toshpulatova
Uzbekskaya plovchixa Shoxsanam Toshpulatova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2021
Obuna bo‘lish
Shohsanamxon Toshpo‘latova S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha bronza medaliga ega chiqdi.
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para suzish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi final bahslari yakunlandi.
Shohsanam Toshpo‘latova S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U masofani 2:27.92 daqiqa vaqt ichida suzib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 15 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.
Uchkun Kuranbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2021
Paradzudo bo‘yicha O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi
Yangiliklar lentasi
0