Toliblar Afg‘onistonda yangi ta’limni qanday shakllantirishmoqchi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishUcheniki v klasse shkoli dlya bivshix besprizornix detey Aschiana v Kabule
Ucheniki v klasse shkoli dlya bivshix besprizornix detey Aschiana v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2021
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* tomonidan belgilangan ta’lim tizimida talaba qizlar va o‘g‘il bolalar alohida sinflarda o‘qiydi.
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Toliblar tayinlangan Afg‘oniston oliy ta’lim vaziri Abdul Baki Haqqoniy mamlakatda talaba qizlar va o‘g‘il bolalar alohida sinflarda tahsil olishini ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qizlar ta’lim olish huquqiga ega, ammo ular o‘g‘il bolalar bilan birga o‘qiy olishmaydi.
“Bu orqali talaba qizlarning “xavfsiz ta’lim muhiti” ta’minlanadi”, - deydi Haqqoniy.
Vazir, shuningdek, tez orada universitetlar qayta ochilishi va o‘qituvchilarga maosh to‘lanishini va’da qilgan.
Yuniy jitel kishlaka Maduzay-Kala pod Kandagarom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Jafokash afg‘on xalqi
Avvalroq Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligi Kobulda universitet professorlari, akademiklar va vazirlikning sobiq amaldorlari ishtirokida konferensiya o‘tkazgandi. Unda sobiq ta’lim xodimlari va universitet professorlari "Tolibon"*ga ta’limning yangi shaklini yaratish o‘rniga mavjud ta’lim tizimini saqlab qolish va modernizatsiya qilishga chaqirgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0