Siyosat

Islom rivojlanish banki prezidenti Toshkentga yetib keldi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodnыy aeroport Tashkenta
Mejdunarodnыy aeroport Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Islom rivojlanish banki (IRB) prezidenti doktor Muhammad Al Josir 1-4 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan IRB guruhining yillik yigʻilishida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi va bosh vazir oʻrinbosari, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurkzoqov tomonidan qabul qilindi.
Toshkent 2021 yilning 9 avgustida IRB rahbari lavozimiga saylanganidan soʻng doktor Al Josir tashrif buyurgan ilk shahardir.
Muhammad Al Josir tashrifining birinchi kunida Toshkentning tarixiy joylari - Oloy bozori, Hazrati Imom majmuasi va Amir Temur muzeyida boʻlib va odamlar bilan muloqot qildi va oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashar ekan, Oʻzbekiston xalqining mehmondoʻstligi va mamlakat tarixiy merosini yuksak baholadi.
Predsedatel Goskomiteta po investitsiyam Uzbekistana Suxrob Xolmuradov i prezident IBR Bandar Xadjar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2018
Iqtisod
Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonga 1,3 milliard dollar taqdim etadi
D-r Al Josirning taʼkidlashicha, rivojlanishning insonga yoʻnaltirilgan instituti sifatida, IRB kishilarni kambagʻallikdan xalos qiladigan, hukumatning oʻz fuqarolarini farovonligi yoʻlida salohiyatini mustahkamlash va milliy rejalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarga moʻljallangandir.
Oʻzbekiston xalqi bilan oʻzaro faoliyatga sharh berar ekan, D-r Al Josir bunday dedi: "Rivojlanish xalqqa nisbatan va xalq uchun sodir boʻladi. Keyingi 46 yil mobaynida IRB iqtisodiy jihatdan hayotiy loyihalar orqali oddiy insonlarning hayotini yaxshilashga yoʻnaltirildi. Odamlar bilan oʻzaro faoliyatim 2030 yilga borib Oʻzbekistonni yuqori va oʻrta daromaddli sanoati rivojlangan mamlakatga aylantirish boʻyicha istiqbolni qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston hukumati bilan ishlash uchun qatʼiyatimni mustahkamladi. IRB milliy ustuvor maqsadlarga katta eʼtibor qaratadi", - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala