Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Kobuldagi teraktdan soʻng amerikaliklar olomonga qarata oʻq uzishdi – OAV

© AP Photo / Wali SabawoonSamolet VS SSHA v aeroportu Kabula
Samolet VS SSHA v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Boshqa guvohlarning soʻzlariga qaraganda, “portlashdan kam kishi halok boʻlgan”, qolganini sarosimida askarlar otib tashlagan.
TOSHKENT, 31 avg – Sputnik. Kobul aeroportidagi portlashlardan soʻng amerikalik harbiylar tinch aholiga qarata oʻt ochishdi, hatto yerga yiqilgan kishilarni ham otishdi. Bu haqda RT omon qolgan guvohlar soʻziga tayangan holda xabar bermoqda.
“Amerikaliklar olomon ichida yana xudkushlar bor deb oʻylashdi va havoga emas, balki toʻgʻri olomonga qarata oʻq uza boshlashdi”, - degan jabrlanganlardan biri.
Boshqa guvohlarning soʻzlariga qaraganda, “portlashdan kam kishi halok boʻlgan”, qolganini sarosimida askarlar otib tashlagan.
“U yerda ur-yiqit boʻldi, hamma qochdi. Chamasi, amerikaliklar bizning oramizda ham portlash sodir etishi mumkin boʻlganlar bor deb oʻylashdi, shuning uchun ham otishdi. Portlashdan kam kishi halok boʻldi, voqealar markazi amerikaliklar turgan joyda edi. Odamlar esa ur-yiqitdan va har tomondan amerikaliklarning xalqqa qarab oʻq uzishi natijasida halok boʻldi”, - degan guvoh Shoh Jon.
Kobul kasalxonalaridagi jarrohlardan biri telekanalga bu versiyani ham snaryad, ham oʻq tegib yaralangan erkakni taʼriflab, bilvosita tasdiqlagan. Erkak omon qolmagan.
26 avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida ikki porlash sodir boʻldi. 13 nafar amerikalik harbiy va 200 ga yaqin afgʻon terakt qurboni boʻldi. “Islom davlati”* guruhi teraktlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Lyudi begut k terminalu Kabulskogo aeroporta posle zaxvata prezidentskogo dvortsa gruppirovkoy Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Kobul aeroportida portlash yuz berdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala