Kobuldagi teraktdan so‘ng amerikaliklar olomonga qarata o‘q uzishdi – OAV

© AP Photo / Wali SabawoonSamolet VS SShA v aeroportu Kabula
Samolet VS SShA v aeroportu Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
Obuna bo‘lish
Boshqa guvohlarning so‘zlariga qaraganda, “portlashdan kam kishi halok bo‘lgan”, qolganini sarosimida askarlar otib tashlagan.
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Kobul aeroportidagi portlashlardan so‘ng amerikalik harbiylar tinch aholiga qarata o‘t ochishdi, hatto yerga yiqilgan kishilarni ham otishdi. Bu haqda RT omon qolgan guvohlar so‘ziga tayangan holda xabar bermoqda.
“Amerikaliklar olomon ichida yana xudkushlar bor deb o‘ylashdi va havoga emas, balki to‘g‘ri olomonga qarata o‘q uza boshlashdi”, - degan jabrlanganlardan biri.
Boshqa guvohlarning so‘zlariga qaraganda, “portlashdan kam kishi halok bo‘lgan”, qolganini sarosimida askarlar otib tashlagan.
“U yerda ur-yiqit bo‘ldi, hamma qochdi. Chamasi, amerikaliklar bizning oramizda ham portlash sodir etishi mumkin bo‘lganlar bor deb o‘ylashdi, shuning uchun ham otishdi. Portlashdan kam kishi halok bo‘ldi, voqealar markazi amerikaliklar turgan joyda edi. Odamlar esa ur-yiqitdan va har tomondan amerikaliklarning xalqqa qarab o‘q uzishi natijasida halok bo‘ldi”, - degan guvoh Shoh Jon.
Kobul kasalxonalaridagi jarrohlardan biri telekanalga bu versiyani ham snarad, ham o‘q tegib yaralangan erkakni ta’riflab, bilvosita tasdiqlagan. Erkak omon qolmagan.
26 avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida ikki porlash sodir bo‘ldi. 13 nafar amerikalik harbiy va 200 ga yaqin afg‘on terakt qurboni bo‘ldi. “Islom davlati”* guruhi teraktlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Lyudi begut k terminalu Kabulskogo aeroporta posle zaxvata prezidentskogo dvorsa gruppirovkoy Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Kobul aeroportida portlash yuz berdi
Yangiliklar lentasi
0