Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston AQShni toliblarning “ashaddiy dushmanlarini” chiqarib yuborish haqida ogohlantirdi

© AP Photo / Gulabuddin AmiriBoyeviki Talibana* v gorode Gazni, Afganistan
Boyeviki Talibana* v gorode Gazni, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Afgʻonistonda hukumatni toliblar egallab olgandan soʻng mamlakatdan bir guruh harbiylar Oʻzbekiston tomon qochgan.
TOSHKENT, 31 avg – Sputnik. Hududiga bir guruh afgʻon uchuvchilari qochgan Oʻzbekiston hukumati AQShdan ularni “Tolibon”* harakati bilan “keskin munosabatlardan qochish” maqsadida tezroq boshqa uchinchi mamlakatga koʻchirishni soʻramoqda. Bu haqda Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi oʻz manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Afgʻonistonda hukumatni toliblar egallab olgandan soʻng mamlakatdan bir guruh Harbiy-havo kuchlari uchuvchilari Oʻzbekistonga qochgan.
Samolet afganskix VVS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Jamiyat
Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston hududida afgʻon Qurolli kuchlari samolyoti qulaganini tasdiqladi
Nashr maʼlumotlariga koʻra, bortida yuzlab odamlar – uchuvchilarning hamkasblari va qarindoshlari boʻlgan 46 ta samolyot va vertolyotlar haqida bormoqda.
Taʼkidlanishicha, harbiy uchuvchilar toliblarning “eng ashaddiy dushmanlaridan biri” sanaladi chunki ular oʻnlab yillar davom etgan toʻqnashuvlarda koʻplab qurbonlar olib kelgan.
Oʻzbekistonga jami shu yoʻl bilan 585 afgʻonlar kelgani aytilmoqda, hozir ular COVID-19 bemorlari uchun moʻljallangan vaqtinchalik gospitallarda yashashmoqda.
Shu bois Toshkent Vashingtondan Kobul bilan munosabatlarni keskinlashtirishning oldini olish uchun Afgʻoniston fuqarolarini tezroq uchinchi mamlakatlarga olib ketishni soʻramoqda.
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekistonda urib tushirilgan afgʻon HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
AQSH Davlat departamenti mazkur holatga munosabat bildirgan: “Ularning uzoq muddatli xavfsizligini taʼminlash borasida mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solgan vaqtimizda Oʻzbekiston hukumati afgʻonlarni qabul qilishni davom etayotgani sabab minnatdorchilik bildiramiz”.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
TIV afgʻon qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala