Video

Rekord: Oʻzbekiston harbiy shifokorlari ArMIda qanday gʻalaba qozonishdi - video

“Forish” togʻ poligonida Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasi yakuniga ketdi, Soʻnggi shartida Oʻzbekiston jamoasi Rossiya va Xitoy jamoalarini ortda qoldirib, uchinchi marta gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Ishtirokchilar muhandislik toʻsiqlaridan emaklab oʻtib, shartli yaradorga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, tibbiy zambil orqali va arqon yordamida suvli toʻsiq ustidan olib oʻtish, sanitar harbiy texnikaga joylashtirib, barcha aslahalarni yigʻishtirib olish, keyin esa ularni xavfsiz hududga olib chiqish kabi mashqlarni bajarishdi.
Oʻzbekiston jamoasi bu yil ham mazkur musobaqaning “Jamoaviy birinchilik” bosqichida oʻtgan yilgi natijalarini yangilab, rekordlar qayd etishdi. Shartni bajarish uchun erkaklar oʻrtasida 5 daqiqa 28,4 soniya, ayollar oʻrtasida esa 7 daqiqa 51,3 soniya vaqt sarf qilishdi.
Finishdan soʻng, ayollar jamoasi aʼzolari toʻsiqlardan oʻtish paytida charchoq haqida oʻylamaganliklari, balki vazifani bajarishga eʼtibor berishganini tan olishdi.
"Bu yerda jamoa toʻgʻri tanlangani uchun, oʻzaro tushunish, shu jumladan jismonan juda muhim, Mashqlarnimuvaffaqiyatli bajardik va rekord oʻrnatdik. Bu Oʻzbekiston mustaqilligi yubileyiga bizning tuhfamiz" - dedi Liliya Manasipova.
Bu yil “Harbiy tibbiy estafeta”da Rossiya, Belarus, Xitoy, Vyetnam, Oʻzbekiston, Tojikiston, Myanma va Falastin jamoalari bellashdilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala