Siyosat

Qator davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan qutlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qator davlat yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOSHKENT, 31 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni qator davlat yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon suhbat davomida Mirziyoyev va birodar Oʻzbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.
Tseremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Siyosat
Mirziyoyev va Rahmon Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi
Mirziyoyev va Rahmon Afgʻonistonda harbiy-siyosiy keskinlik kuchayishi bilan bogʻliq mintaqaviy masalalarga alohida toʻxtaldi. Oʻzaro muvofiqlashuvni kuchaytirish va yaqin idoralararo aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, yetakchilar joriy yilning sentyabr oyida Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalalarini muhokama qildilar.
Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Muhammad Ol Nahayon suhbat davomida Oʻzbekiston prezidenti va xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, farovonlik, katta zafarlar va bardavom taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.
Afgʻonistondagi vaziyat rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari boʻyicha faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Keyingi suhbat Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan boʻldi. Suhbat avvalida Belarus yetakchisi Mirziyoyev va koʻp millatli xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Mirziyoyev , oʻz navbatida, Belarus prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bilan suhbatda davlat rahbarlari ikki mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan bir birini dildan qutlab, birodar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Flagi Uzbekistana i Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Iqtisod
Oʻzbek-qirgʻiz taraqqiyot fondi: Japarov bitimni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida qonunni imzoladi
Shuningdek, ular mintaqa kun tartibidagi, shu jumladan qoʻshni Afgʻonistondagi vaziyatning keskinlashishi bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildilar.
Shu kuni Mirziyoyevning Yevropa davlatlari yetakchilari bilan suhbati boʻlib oʻtdi. Jumladan, Oʻzbekiston rahbari Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.
Makron Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi bilan dildan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.
Prezidentlar Afgʻonistondagi harbiy-siyosiy ahvolning keskinlashishi taʼsirida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashdilar. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va almashinuvlarni faollashtirish muhim ekani taʼkidlandi.
Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ham telefon orqali muloqotda Mirziyoyev va Oʻzbekiston xalqini mamlakat mustaqillikka erishganining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Keyingi yillarda Oʻzbekistonda demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlar alohida qayd etildi.
Evakuirovannыe iz Afganistana v samolete Airbus A400 VVS Germanii v Tashkente, Uzbekistan. Snimok sdelan 21 avgusta 2021 goda. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi
Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Frank-Valter Shtaynmayer fuqarolarning Oʻzbekiston orqali tranzit yoʻli bilan evakuatsiya qilinishida koʻrsatilgan katta yordam uchun yana bir bor tashakkur izhor etdi. Birgalikdagi insonparvarlik operatsiyalarini amalga oshirish uchun yaqin aloqalarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala