Qoraqalpoq xalq yozuvchisi Tulepbergen Kaipbergenov haqida hujjatli film suratga olindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSyemki novogo filma Alekseya Popogrebskogo «Posledniy den”
Syemki novogo filma Alekseya Popogrebskogo «Posledniy den” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
Obuna bo‘lish
"Qora uydan keng dunyoga" deb nomlangan kartina "Qoraqalpoqfilm" tomonidan O‘zbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan.
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Tulepbergen Kaipbergenov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olindi.
"Qora uydan keng dunyoga" deb nomlangan kartina "Qoraqalpoqfilm" tomonidan O‘zbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan.
Film ssenariy muallifi Baxtiyor Madiyorov, rejisser Bautdin Boymirzayev.
Qoraqalpog‘iston qahramonining farzandi Adilbek Kaipbergenov film davomida Tulepbergen Kaipbergenov bu dunyoda uch narsa: Vatani, xalqi va adabiyotni deb yashaganini aytib o‘tadi.
Filmda rollarni Farit Uzakbergenov, Bazarbay Uzakbergenov, Davirxan Yembergenov, Aybek Shavdurbayev, Aysultan Sharipova, Sarbinaz Xabipovalar ijro etishgan.
Yangiliklar lentasi
0