Dunyoda

Qozogʻiston mudofaa vaziri harbiy omborlardagi portlashdan keyin isteʼfoga chiqdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishMinistr oboronы Kazaxstana Nurlan Yermekbayev
Ministr oboronы Kazaxstana Nurlan Yermekbayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
26 avgust kuni Jambil viloyatidagi harbiy qism muhandislik oʻq-dorilari omborida roʻy bergan portlashlar oqibatida 15 kishi halok boʻlgan.
TOSHKENT, 31 avg – Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning isteʼfosini qabul qildi.
“Prezident Qasim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi arizasini qabul qildi”, — deb yozdi prezident matbuot kotibi Berik Uali Facebook᾽dagi sahifasida.
26 avgust kuni Jambil viloyatidagi harbiy qism muhandislik oʻq-dorilari omborida portlashlar sodir boʻldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida halok boʻlganlar soni 15 kishiga yetgan. 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Dunyoda
Qozogʻistonda 29 avgust kuni milliy motam kuni deb eʼlon qilindi
Yermekbayev yongʻin va portlashlardan keyin isteʼfoga chiqish haqida ariza topshirgan edi.
Toqayev oʻz farmoni bilan sobiq vazirning birinchi oʻrinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri etib tayinladi.
Yermekbayev 2018 yilning avgust oyida Qozogʻiston Mudofaa vazirligini boshqarishga kirishgan. Bungacha u ikki yil 2014 yildan 2016 yilgacha Qozogʻiston din ishlari va fuqarolik jamiyati vaziri, 2018 yil apreldan avgustgacha prezident yordamchisi — mamlakat xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala