Sud qaroriga asosan 37 migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatida ommaviy mushtlashuvda qatnashgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborildi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Moskva viloyatidagi Mitishida yuz bergan mushtlashuvda qatnashgan 37 nafar chet el fuqarosi Rossiyadan chiqarib yuborildi va mahalliy tadbirkorga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil qilgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Moskva viloyati IIBB matbuot xizmati rahbari Tatyana Petrova ma’lum qildi.
"Sud qarori bilan 37 chet el fuqarosi Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborildi. Avvalroq bu fuqarolarga nisbatan Rossiya IIV migratsiya boshqarmasi "Mitishchinskoe” politsiya xodimlari tomonidan ma’muriy, shu jumladan, migratsiya qonunchiligini buzganligi uchun protokollar rasmiylashtirilgan”, - dedi Petrova.
Uning aniqlik kiritishicha, 5-avgust kuni politsiyaga Mitishi shahrida mojaro haqida xabar kelib tushdi, shundan so‘ng 66 nafar yaqin chet el fuqarosi politsiyaga olib kelindi. Ularga nisbatan 134 ta ma’muriy protokol tuzildi, shundan 54 tasi - Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (MJTK)ning 18.8-moddasi, migratsion hisobga olish qoidalarini buzish, 65 tasi - MJTKning 20.1-moddasi "mayda bezorilik" va 15 tasi - MJTKning 20.20-moddasiga asosan "taqiqlangan yoki jamoat joylarida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish".mushtlashuv*
Politseyskiy reyd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2021
Moskvada yana ommaviy mushtlashuv: salkam 50 kishi ushlandi
Keyinchalik 49 nafar qonunbuzarga 5 ming rubl miqdorida jarima solindi, so‘ngra ularni deportatsiya qilishdan avval chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi. Ulardan 37 migrant Rossiyani tark etdi.
"Shuningdek, Pogranichnaya ko‘chasidagi mojaro holatiga oydinlik kiritish maqsadida IIV Ichki ishlar vazirligi tergov bo‘limi tergovchisi tomonidan Chuvash Respublikasida tug‘ilgan 54 yoshli ayolga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1 - "Noqonuniy migratsiyani tashkil etish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayol migrantlar yashagan xostel egasi bo‘lgan va ularning noqonuniy bo‘lishini tashkil qilgan. Unga nisbatan “doimiy yashash joyini tark etmaslik va munosib xulq atvorda bo‘lish" tilxat shaklida ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
O‘tgan haftada Moskva meri Sergey Sobanin migrantlar ishtirokida mojarolar ko‘paygani yuzasidan munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya tomonidan ommaviy mushtlashuv va boshqa qonunbuzarliklar yuzasidan 800 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 200 nafarga yaqin migrant deportatsiya qilindi, 17,5 ming nafar kishiga mamlakatga kirish taqiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0