Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

TIV afgʻon qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Yaqin orada Oʻzbekiston-Afgʻoniston chegarasidagi “Termiz” nazorat-oʻtkazish punktini ochish koʻzda tutilmagan.
TOSHKENT, 31 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi internetda tarqalgan “Oʻzbekiston Afgʻonistondagi Tolibon rejimidan qochganlarga oʻz chegaralarini ochishga tayyorligi” haqidagi maʼlumotlarni rad etdi. Vazirlik rasmiy vakili rasmiy bayonot berdi.
Bildirilishicha, hozirda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston-Afgʻoniston chegarasi toʻliq yopilgan va “Termiz” nazorat-oʻtkazish punktidan quruqlik orqali oʻtish amalga oshirilmayapti. Yaqin orada Oʻzbekiston-Afgʻoniston chegarasidagi “Termiz” nazorat-oʻtkazish punktini ochish koʻzda tutilmagan.
“Chegarani kesib oʻtishga boʻlgan har qanday urinishlar, ularning sabablaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bartaraf etiladi. Oʻzbekiston tomoni qator davlatlarga oxirgi 12 kun ichida Afgʻonistondan oʻz fuqarolarini evakuatsiya qilish boʻyicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishda yordam koʻrsatib, ularning mamlakatimizga kelishi va Oʻzbekistonni tark etishi faqat havo yoʻli orqali amalga oshirildi”, - deyilgan bayonotda.
Vazirlik qoʻshni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga qatʼiy sodiqligi va qochoqlarni qabul qilmasligini yana bir bor taʼkidlagan.
“Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida afgʻon qochoqlarini qabul qilmasligini, tranzitda yordam koʻrsatishini, ularning mamlakatda qatʼiy cheklangan vaqtda boʻlib turishini yana bir bor maʼlum qiladi”, - deyilgan xabarda.
Shavkat Mirziyoyev posetil  mestorojdeniye Yoshlik-1 Almalыkskogo gorno-metallurgicheskogo kombinata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Mirziyoyev Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha munosabat bildirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala