Kolumnistlar

Toliblar Frantsiya va Germaniya saylovlariga aralashishdi

© AFPFrantsuzskiy voyennыy v aeroportu Kabula
Frantsuzskiy voyennыy v aeroportu Kabula  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Yevropa Ittifoqi chegaralariga yaqinlashib keladigan yangi noqonuniy migrantlar oqimi (bu gal Afgʻonistondan) bilan qanday ish tutishlari kerakligini muhokama qilmoqda.
TOSHKENT, 31 avg – Sputnik. Bugun YEI mamlakatlari IIV rahbarlari yuzma-yuz (munozaraning faqqulodda muhimligiga ishora qiladi) taxminan 8-12 haftadan keyin ittifoq chegaralariga yaqinlashib keladigan yangi noqonuniy migrantlar oqimi (bu gal Afgʻonistondan) bilan qanday ish tutishlari kerakligini muhokama qilishadi. “Yevropacha jannat”, yaxshi hayot va boshpana izlash ilinjida bir necha ming kilometrni bosib oʻtish uchun kamida ikki, lekin uch oydan koʻp boʻlmagan vaqt kerak boʻladi.
Toʻgʻri, chegaralar yopiq boʻladi.
Bu yerda hech qanaqa xom xayol boʻlmasligi kerak: saylovlarga bir necha hafta qolgan Germaniya ham, saylovlarning birinchi bosqichi aprelga belgilangan Frantsiya ham olti yillik voqealar takrorlanishidan qoʻrqadi. Oʻshanda kantsler Merkel nafaqat Germaniya, balki butun Yevropa Ittifoqi darvozalarini ochgandi.
Shtab operatsii Reshitelnaya podderjka v Zelenoy zone v Kabule  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Kolumnistlar
“Ulkan magʻlubiyat”: NATO oʻzini dafn qilmoqda
Oʻshanda Parij, Berlin, asosiysi, Bryusseldagi hukumat tepasida boʻlganlarning millionlab nolegallarning Yevropa singib ketishi ehtimoli borasida xom xayollari boʻlgandi.
Hozirda Yevropada jamiyatning bu boradagi noroziliklari ochiq-oydin yangramoqda.
Bir yil ilgari Frantsiyaning nufuzli tashkiloti IPSOS oʻtkazgan soʻrovlarda keltirilgan raqamlar bunga hech qanday shubha qoldirmaydi: Frantsiyaning uchdan ikki qismidan ziyod aholisi nolegallari oqimi tufayli oʻz vatanida oʻzini “oʻz uyidagidek” his qilmay qolgan.
Kecha, AQShning sharmandali onlaridan bir necha soat ilgari, Frantsiya (Britaniya bilan birgalikda) “evakuatsiya rejasini” hech boʻlmaganda koʻrsatishni maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi muhokamasiga rezolyutsiyasini kiritish tashabbusini koʻrsatdi. U “afgʻonlarni evakuatsiya qilishni saʼy-harakatlarini” davom ettirishga imkon beradigan “bufer zonani” tashkil etishga taalluqli.
Makron oʻz jumlasini durustroq aytgunicha, hozirda Afgʻonistondagi vaziyatni nazorat qilayotgan “Tolibon”* harakati vakili buni qilishni hech kimga imkon bermasliklarini bildirdi. “Shunga oʻxshash vaziyatga Frantsiya tushib qolganida, Parij uning ishlariga chetdan aralashishlarini maʼqullamagan boʻlishi” taʼkidlandi.
Yakshanba kuni kechqurun Frantsiya prezidenti yana bir intervyu berayotib, oʻzining bashangligini yoʻqotganday koʻrindi. U tushib qolgan holat oʻzining begunohligini (inson huquqlari qadriyatlari) saqlab qolish va kapital xarid qilish (boʻlajak saylovlarda gʻolib boʻlish) istagini taʼriflardi.
Situatsiya v Afganistane posle smenы vlasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Analitika
Gʻarb tashvishga tushgan: toliblar AQSH iqtisodiyotini bir yoqlik qilishlari mumkin
Frantsiya yetakchisi quyidagilarni aytdi: “hozirgi holatda har kim fursat belgilab berayotgan javobgarlikni oʻz zimmasiga olmogʻi shart”, Moskva va Pekinni muvofiqlashtirilgan (aytgancha, kim tomonidan) harakatlarga chorlagan holda (yoki tahdid qilgan holda?).
Muddati tugashiga 26 kun qolgan Merkel oʻta ehtiyotkorlik pozitsiyasini egalladi. U shov-shuvli chiqish qilmaslikni afzal bildi.
Emmanuel Makronning prezidentlikka nomzodlik dasturi hozircha shunday boʻladi: haqiqatni qatʼiyan aytishning imkon boʻlmagani sabab yolgʻon soʻylash, avvali bir tomonga, keyin boshqa tomonga ogʻmoqchi boʻlganlarga koʻmaklashish, hech qanday printsipning yoʻqligi, oʻz qoʻllari bilan yaratgan muammolar gunohkorlarini izlash.
Shu orada esa Marin Le Pen birinchi bosqichda oldingi oʻtib olish bor imkoniyati solmoqda.
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Lavrov Gʻarb Rossiya atrofida “notinchlik belbogʻi” yaratishga urinayotganini taʼkidladi
Makron undan nolegal migratsiyasi cheklovlariga oid kun mavzusini tortib olishga urinayotgan “Milliy birlashish” yetakchisi birinchi boʻlib kelmoqda.
Oʻziga xoʻjayinlik (yoki bekalik) hissini qaytarish haqida gap ketganda, sogʻlom fikrlovchi shaxslar oʻz mamlakatlarining kelajaklari haqida oʻylashadi va oʻzlari lozim topgan holda ovoz berishadi. Ular hamisha haqiqiy asarni afzal bilishadi, uning sariq chaqali nusxasini emas.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala