Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi

© Sputnik / Ekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishSyemki teleperedachi
Syemki teleperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
Obuna bo‘lish
Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi. Dramaturgiya va produserlik Filialning asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi.
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Aziz Abduxakimov vstretilsya s kinorejisserom i produserom Timurom Bekmambetovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Abduhakimov va Bekmambetov O‘zbekistonda kinoturizmni rivojlantirishga kelishishdi
Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
Ta’lim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi.
Quyidagilar Filialning asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:
Dramaturgiya;
Produserlik (turlari bo‘yicha).
Ta’lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Rossiya davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.
Filialda davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar 5-yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televidenie sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.
Yangiliklar lentasi
0