Siyosat

“Ularning aybi - buyuk boʻlgani” – Mirziyoyev qatagʻonlar haqida

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 31 avgusta posetil alleyu "Shaxidlar xotirasi"
Shavkat Mirziyoyev 31 avgusta posetil alleyu Shaxidlar xotirasi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
TOSHKENT, 31 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni erta tongda Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 100 mingdan ortiq oʻzbekistonlik qatagʻonga uchragan. Ularning qanchasi “xalq dushmani” degan tuhmat bilan shafqatsiz otib tashlangan. Yana qanchasi surgun qilinib, azob-uqubatlarga duchor etilgan. Oilalari parokanda boʻlib, mol-mulklari tortib olingan.
Bu yil Shahidlar xotirasi xiyobonida bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi binosi rekonstruktsiya qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 31 avgusta posetil alleyu "Shaxidlar xotirasi"
Shavkat Mirziyoyev 31 avgusta posetil alleyu Shaxidlar xotirasi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Shavkat Mirziyoyev 31 avgusta posetil alleyu "Shaxidlar xotirasi"
Prezident ushbu muzeyni kirib koʻrdi. U yerda yaratilgan sharoitlar, tarixiy hujjatlar bilan tanishdi.
“Koʻrinib turibdiki, katta salohiyatga ega yetakchilar, olimlar, adiblar, shifokorlar, oʻqituvchilar qatagʻon qilingan. Ular xalqimizning eng sara vakillari edi. Mustabid tuzumga millat koʻzini ochadigan, unga oʻzligini tanitadigan ziyoli insonlar kerak emas edi. Ularning aybi - buyuk boʻlgani”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Taʼkidlanishicha, qatagʻon qurbonlarining nomlari, ularning hayoti va faoliyati viloyatlar, tumanlar kesimida aniqlanmoqda. Bu maʼlumotlar asosida koʻp jildlik “Qatagʻon qurbonlari” kitobi nashrga tayyorlanayapti.
Prezident bunday katta, ilmiy asarlar bilan birga maktab oʻquvchilari uchun sodda tilda, kichik-kichik kitoblar chiqarish zarurligini taʼkidladi. Buning uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga Tarix institutining ilmiy xodimlarini biriktirib, har bir hududdagi jadid bobolarimiz, qatagʻon qurbonlari nomini tiklab borish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Davlat rahbari tarixni oʻrganish va oʻrgatish vazifalari haqida gapirdi.
“Biz shu vaqtgacha tarixning oʻzimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib oʻtdik. Birovga yoqadimi-yoqmaydimi, gʻururimizmi-armonimizmi, muvaffaqiyatmi yo xiyonatmi - hammasini haqqoniy yozish kerak”, - deya taʼkidladi prezident.
Molotok sudi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda 115 nafar qatagʻon qurbonlari oqlandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala