Azim Ahmadxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

© Press-slujba Minenergo RUzAzim Axmedxadjayev naznachen pervim zamestitelem ministra energetiki
Azim Axmedxadjayev naznachen pervim zamestitelem ministra energetiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Tayinlovga qadar u Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Azim Ahmadxo‘jayev O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi. Prezident tegishli qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Tayinlovga qadar 2019-yildan buyon Azim Ahmadxo‘jayev Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Azim Ahmadxo‘jayev 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (2002 yil). 2016-yil mayidan 2017-yil martiga qadar "Asaka" banki boshqaruvi raisi bo‘lgan. Avvalroq 2011-yil mayidan O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ngra boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
Portfel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Sanobar Nosirova Bo‘ston tumani hokimi v.b. etib tayinlandi
2017-2018 yillarda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 2018-yil fevralida AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, avgustdan LBMAda raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish masalalari bo‘yicha blok rahbari bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0