Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

YEI qochoqlarni qabul qiladi Afgʻoniston qoʻshnilariga moliyaviy yordam bermoqchi - OAV

© REUTERS / US MARINESBejentsы v aeroportu Kabula
Bejentsы v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Yevropa Ittifoqi afgʻon qochoqlarini qabul qilish evaziga Afgʻoniston qoʻshnilari - Oʻzbekiston, Tojikiston, Pokiston va Eronga moliyaviy yordam bermoqchi – OAV.
TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Yevropa ittifoqi Afgʻonistonning qoʻshnilariga, agar ular afgʻon qochoqlariga boshpana bersa, 600 million yevro miqdorida moliyaviy yordam taklifini tayyorlamoqda. Bu haqda Bryusseldagi rasmiylarga asoslanib, Financial Times xabar berdi.
Koʻplab Yevropa davlatlari Afgʻonistonda tolib*larning hokimiyat tepasiga kelishi 2015 yilda yuz minglab suriyalik qochoqlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga yopirilib kelgani singari inqirozni keltirib chiqarishidan xavotir bildirdi.
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
TIV afgʻon qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi
Oʻsha vaqtda YEI noqonuniy migrantlarni oʻzida ushlab turish va Yevropaga kiritmasligi uchun Turkiyaga mablagʻ taklif qilgandi.
Gazeta yozishicha, endi Yevropa Ittifoqi rasmiylari Pokiston, Oʻzbekiston, Tojikiston va hatto xalqaro santsiyalar ostida boʻlgan Eronga moliyaviy yordam koʻrsatishga tayyor.
Bugun YEI ichki ishlar vazirlari favqulodda yigʻilish oʻtkazib, Amerika toʻliq qoʻshinlari olib chiqilgandan keyin Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Uchrashuvdan soʻng, "hozir eng muhimi - mintaqaga toʻgʻri signal yuborish: u yerda qoling - va biz odamlarga yordam berish uchun mintaqaga yordam koʻrsatamiz", - deb aytishdi Avstriya, Daniya va Chexiya vazirlari.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader