Emomali Rahmon o‘g‘lini davlat mukofoti bilan taqdirladi

© Ofitsialnaya stranitsa press-slujbi prezidenta RT v FacebookPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon i yego sin Rustam Emomali
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon i yego sin Rustam Emomali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Rustam Emomalini Mustaqillikning yubiley medali bilan taqdirladi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon amaldorlar va davlat arboblarga faxriy mukofotlarni topshirdi.
“88 kishi “Tojikiston Respublikasining Davlat mustaqilligining 30-yilligi” yubiley medali bilan taqdirlandi, ikki kishiga “Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan ishchi” unvoni berildi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Chop qilingan suratlarda taqdirlanganlar orasida Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, Tojikiston parlamenti yuqori palatasi spikeri, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali ham bor.
Bundan tashqari, mamlakat bosh vaziri Kohir Rasulzoda, TIV rahbari Sirojiddin Muhriddin va boshqa siyosatchilar taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0