Jamiyat

Mirziyoyev: agar biz taʼlimni oʻzgartirsak, inson oʻzgaradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Prezidentning soʻzlariga koʻra, islohotlar natijasida joriy yilda maktabgacha taʼlim qamrovi 63 foizga yetkazildi.
TOSHKENT, 1 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqida taʼlim tizimini takomillashtirish natijasida erishilgan yutuqlarga alohida toʻxtaldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Davlat rahbari uzluksiz taʼlim tizimi, xususan, maktabgacha taʼlim muassalari bundan 4 yil avval 5211 tani tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda bu raqamlar 19 316 taga yetganini maʼlum qildi. Bunda asosan davlat xususiy sherikchilik mexanizmi hamda oilaviy bogʻchalarning tashkil etilishi samara berganligi taʼkidlandi.
“Agar biz taʼlimni oʻzgartirsak, inson oʻzgaradi. Insonni oʻzgartirsak butun jamiyat oʻzgaradi”, - dedi prezident.
Islohotlar natijasida joriy yilda maktabgacha taʼlim qamrovi 63 foizga yetkazildi. 6 yosh toifasida esa bu raqamlar 75 foizni koʻrsatmoqda.
Prezident joriy yilning 24 mayda maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish masalasida yigʻilish oʻtkazgan edi. Unda amalga oshirilgan ishlar koʻlami keng boʻlishiga qaramay bu hali yetarli emas ekanligi hamda 53 ta tumanda bogʻcha yetishmasligini aytib oʻtgan.
Shkolnыe prinadlejnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Analitika
Erkak oʻqituvchilar, qayerdasiz?
Ushbu yigʻilishda 53 ta tumanda 34 ming oʻrinli 2 mingta oilaviy bogʻcha tashkil etish choralari belgilangan. Bundan tashqari 2021-2022 yillarda 23 ta tumanning olis va chekka hududlarida 50 ta maktabgacha taʼlim muassasasi barpo etish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader