Siyosat

Mirziyoyev: boʻlgʻusi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida oʻtadi, deb ishonaman

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Prezident bu galgi prezident saylovlari ilk bor 2019 yilning 25 iyunida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida boʻlib oʻtishini taʼkidladi.
TOSHKENT, 1 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqida 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan prezident saylovlariga toʻxtaldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, soʻnggi besh yil mobaynida mamlakat milliy saylov qonunchiligida jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Yangi Oʻzbekistonda saylov qonunchiligini izchil takomillashtirish hamda saylovlarni oʻtkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi pogʻonaga koʻtarildi. Bu galgi prezident saylovlari ilk bor 2019 yilning 25 iyunida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida boʻlib oʻtadi.
Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Jamiyat
Koronavirusdan davolanayotganlar saylovda qanday ovoz beradi
Mirziyoyev bu saylov hamma uchun Oʻzbekistonning kelgusi taraqqiyoti qanday yoʻldan borishi, mamlakat kelajagi qanday barpo etilishi, degan hal qiluvchi savollarga javob beradigan gʻoyat muhim siyosiy tadbir ekanini taʼkidladi.
Saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda oʻnlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Shu maʼnoda, boʻlgʻusi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida oʻtadi hamda yangi Oʻzbekiston xalqining oʻsib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va madaniy saviyasini yaqqol namoyon etadi, deb ishonaman
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti
Shu yil 24 oktyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti saylovi boʻlib oʻtadi. Bu yilgi prezident saylovida Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, OʻzLiDeP tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzod sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala