Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Narkotiklar, soliqlar va sirli homiylar. Toliblar milliardlarni qayerdan oladi

© AP Photo / Rahmat GulBoyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
TOSHKENT, 1 sen — Sputnik, Kseniya Melnikova. Afgʻonistonda hokimiyat tepasiga kelgan "Tolibon"* mamlakat iqtisodiyoti ustidan ham nazoratni qoʻlga oldi. Narkotrafikning intensivligiga qaramay, soʻnggi oʻn yilliklar davomida uyushma mablagʻlarni faqatgina afyun va geroin savdosi orqali topayotgani yoʻq.
Tolibon oʻzlari nazoratga olgan hududlarga soliq joriy qildi, transport kompaniyalari va uyali aloqa operatorlaridan oʻlpon talab qilishdi, shuningdek Pokiston va Fors koʻrfazi mamlakatlaridan pul olib turardilar. Bu yiliga bir yarim milliard dollardan oshardi. Davlat xazinasini toʻldirish uchun bu yerli boʻladimi-yoʻqmi, RIA Novosti materialida oʻqing.

Faqat narkotiklarmas

"Narkotiklar ishlab chiqarilishi ham, kontrabanda ham boʻlmaydi. Afgʻoniston boshqa opium yetishtiriladigan mamlakat emas", — dedi "Tolibon"* harakati vakili Dabixulla Mojahed. Bunda chet el koʻmagi kerak boʻladi, deb qoʻshimcha qildi u.
Bunday vaʼdalar birinchi bor yangrayotgani yoʻq. 2000-yilda islomchilar xalqaro maydonda tan olinishni istab, opiy yetishtirishni taʼqiqlashgan edi. Dalalar yoʻq qilinardi. Oʻshanda narkotrafik chindan ham qisqargan edi. Ammo AQSH Afgʻonistonga bostirib kirib, jangarilar hokimiyatni qoʻldan boy bergach, opium, geroin va metamfetamin savdosi yana gullab-yashnay boshladi.
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapreщeno v RF) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Siyosat
Tolibon* harakati Oʻzbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan qutladi
BMTning narkotiklar va jinoyatlar ustidan nazorat boshqarmasi Afgʻonistonni dunyodagi eng yirik opiy yetishtiruvchilardan biri deb hisoblaydi. Oʻtgan yili koʻknori hosili u yerda 37 foizga koʻpaydi. 263 ming gektar maydon ushbu oʻsimlik bilan qoplab olingan — bu mutlaq rekord koʻrsatkichdir.
Narkotiklar toliblarga, BMTning narkotiklar va jinoyatlar ustidan nazorat qilish boshqarmasi hisob-kitobiga koʻra, yiliga 400 million dollar daromad keltiradi.
Ular uchun uzoq vaqt asosiy daromad manbai boʻlmagan. Ammo soʻnggi yillarda vaziyat oʻzgardi - islomchilar oʻz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishdi.

Turfa daromadlar koʻpligi

Harakat yetakchilaridan biri, guruh asoschisi mulla Umarning oʻgʻli mulla Muhammad Yoqub pul topishning boshqa yoʻllarini izlashga chaqirdi. Jangarilar maqsadli ravishda mineral resurslarga boy hududlarni egallay boshladilar.
Afgʻonistonda juda koʻp foydali qazilmalar bor - mis, boksit, temir rudasi, marmar, kamyob litiy. Oltin ham bor. Bularning barchasi bir necha trillion dollarga baholanmoqda. Koʻplab qazilma joylar hali ham teginilmagan. Jangarilar qoʻliga oʻtganlari esa yiliga 460 million dollardan koʻproq daromad olib keladi. The Financial Times maʼlumotlariga koʻra, xaridorlar - bu asosan Xitoy, Pokiston va BAAdan kelgan xususiy kompaniyalardir.
Evakuatsiya jiteley Kabula  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon” Kobul aeroportini oʻz nazorati ostiga olish muddatini belgiladi
"May oyida BMT toliblarning yillik daromadi — 300 milliondan 1,6 milliard dollargacha ekanligini maʼlum qilgan edi. Faqat birgina soliqning oʻzidan ular oʻtgan yili 160 million dollar yigʻib olishgan. Provintsiyalarni bosib olar ekan, islomchilar birinchi galda mahalliy gʻaznani oʻmarar, qurol va bronetexnikani oʻziniki qilib olar, shuningdek, korxonalar va aholidan pul yigʻardi.
Oʻn foizli soliq va kommunal toʻlovlar uchun yigʻim kiritardilar (faqat elektr energiyasining oʻzi yiliga ikki million daromad keltirardi), shuningdek, yuklar tranziti uchun oʻlpon talab qilib, har qanday biznesga qoʻl suqishga urinishardi. Yoqilgʻi, sigaret, oziq-ovqat mahsulotlari, dorilar, birinchi zarurat predmetlarini yetkazib berish haqidaku alohida maqola yozish kerak.
Boz ustiga toliblarga chetdan yordam berishadi. BBC News jurnalistlarining aniqlashlaricha, Fors qoʻltigʻi mamlakatlari - Saudiya Arabistoni, BAA va Qatardagi xususiy homiylardan 500 million dollarga yaqin pul tushib turadi.

Ilk qiyinchiliklar

"Toliblar moliyaviy imperiyani qurdilar, lekin ular hukumat tepasiga kelganida, hammasi darz ketadi", - deya bashorat qildi Gʻarb matbuoti. Shunday boʻldi ham. Ilgari iqtisodiyotning soyadagi sektoridagina xoʻjayinlik qilgan islomchilar hozirdanoq birinchi qiyinchiliklariga duch kelishdi.
Yangi hukumat vaʼdalariga ishonmay, aholi banklarga oʻz jamgʻarmalarini olish uchun yugurishdi, deydi Qobulda ishlaydigan Bloomberg muxbirlari. Bu iqtisodiyotga jiddiy zarba berdi. Bankomatlarda naqd pul qolmayapti, narxlar shiddat bilan osmonga koʻtarilmoqda. Jumladan, un va yogʻ uch baravar qimmatladi. Koʻchalar kimsasiz, aksariyat dorixonalar esa yopiq.
Frantsuzskiy voyennыy v aeroportu Kabula  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Kolumnistlar
Toliblar Frantsiya va Germaniya saylovlariga aralashishdi
"Bank tizimi falaj holatga kelgan. Afgʻoniston — importga tobe boʻlgan mamlakat. 870 million dollar olib chiqiladi, 8,6 milliard dollar olib kiriladi. Toliblar endi xalqni boqishi, davlat apparatini taʼminlashi kerak", — deya tushuntirdi RIA Novosti bilan suhbatda RFA sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazi direktori Omar Nessar.
Davlat harajatlarining yetmish besh foizi odatda xalqaro yordam hisobiga qoplangan. Qobul yiliga toʻrt milliard dollardan koʻp mablagʻ olgan. Endi esa bunga umid qilib boʻlmaydi.
Mamlakatdan qochib ketgan Afgʻoniston Markaziy banki rahbari Ajmal Ahmadiyning soʻzlariga koʻra, oldingi hukumat tomonidan toʻplangan mablagʻlarning kattagina qismi respublika tashqarisida. Toʻqqiz milliard valyuta zaxirasidan yetti milliardi AQShda saqlanmoqda. Bayden maʼmuriyati bu aktivlarni muzlatishni rejalashtirgan.
Bejentsы v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
YEI qochoqlarni qabul qiladi Afgʻoniston qoʻshnilariga moliyaviy yordam bermoqchi - OAV
Afgʻonistonga inflyatsiya "sakrashlari", milliy pul birligining qadrsizlanishi va qashshoqlikning kuchayishi xavf solmoqda. Agar yangi hukumat jahon hamjamiyatining tan olishiga erisha olmasa — mamlakat izolyatsiyada qolishi mumkin. Ammo Omar Nessarni fikricha, mintaqa mamlakatlari tez orada toliblar bilan muzokaraga kirishadi. Demak-ki, toliblar rejimida daromad olishning yangi manbalari paydo boʻlishi mumkin.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader