O‘zbekiston uchun global inqirozning og‘ir damlari ortda qoldi – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi O‘zbekiston uchun ham jiddiy muammolarni yuzaga keltirgan.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida mustaqillikning 30-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda nutq so‘zladi. O‘z nutqida prezident O‘zbekiston uchun global inqirozning og‘ir damlari ortda qolganini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi besh yil keskin sinovlar davri bo‘ldi. Ayniqsa, 2020-yili boshlangan koronavirus pandemiyasi va shu sababli kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz global dunyoning ajralmas qismi sifatida O‘zbekiston uchun ham jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi.
Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam smagcheniya negativnogo vozdeystviya koronavirusnoy pandemii na stranu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2020
Mirziyoyev: Pandemiya sharoitida ishlash va yashashga o‘rganishimiz kerak
Shunga qaramasdan, mamlakatda olib borilayotgan jadal va keng ko‘lamli islohotlar mamlakatda yangi davrni – yangi O‘zbekiston davrini boshlab bergan.
Mirziyoyev misol tariqasida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni keltirdi. Xususan, 2017-2020 yillarda mamlakatning iqtisodiy o‘sish darajasi 18,3 foizni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Tashqi savdo aylanmasi 2016-yildagi 24 milliard dollardan 2020-yilda 36 milliard dollarga ko‘paydi.
Ishbilarmon doiralarning mamlakatimizga ishonchi ortdi. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 2,1 martaga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin o‘sdi.
“Bugun ishonch bilan ayta olamizki, O‘zbekiston uchun global inqirozning og‘ir damlari ortda qolmoqda”, - dedi davlat rahbari.
Davlat rahbari iqtisodiyot rivojini aholining real yalpi daromadi 2016-yilga nisbatan 28 foizga o‘sganida ham ko‘rish mumkinligini qayd etdi. Ta’kidlanishicha, islohotlar doirasida qabul qilingan yirik dasturlar aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0