Iqtisod

Prezident: Oʻzbekiston YEOII bilan samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyishga erishdi

© Sputnik Flagi YEEAS
 Flagi YEEAS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Shavkat Mirziyoyev mamlakat YEOII bilan samarali aloqalarni yoʻlga qoʻya olganini aytdi.
TOSHKENT, 1 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida qisqa davrda samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyishga erishdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tadbirda soʻzlagan nutqida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, SHHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar bilan aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichda davom ettirilmoqda. Mamlakat 2019 yilda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga toʻla huquqli aʼzo boʻlgan. Bu respublika uchun xalqaro maydonda yangi iqtisodiy, siyosiy va madaniy imkoniyatlar ochib berdi.
“Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida qisqa davrda samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyishga erishdi”, - dedi prezident.
Davlat rahbari Oʻzbekiston bu yil SHHT raisligini qabul qilib olishi va uning kelgusi yili oʻtadigan Sammitiga puxta tayyorgarlik koʻrilishini aytdi.
Torgovlya Uzbekistana s YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Infografika
Oʻzbekiston va YEOII: kooperatsion hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2020 yil dekabrida YEOII kuzatuvchi maqomiga ega boʻlgan edi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) - 2015 yil 1 yanvardan beri faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashma. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston unga aʼzo.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader