Analitika

Shevtsov: Rossotrudnichestvo barcha MDH mamlakatlari uchun kvotalarni koʻpaytiradi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishPriyemnaya kampaniya
Priyemnaya kampaniya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Yangi oʻquv yilida Rossiyaga oliygohlaridagi bepul taʼlim uchun tanlov qanday boʻlib oʻtadi? Rossotrudnichestvo rahbari oʻrinbosari shu va boshqa savollarga javob berdi.
TOSHKENT, 1 sen – Sputnik. Bilimlar kuni, 1 sentyabrda Rossotrudnichestvo federal agentligi saytida Rossiyada oliy taʼlim istagida boʻlgan xorijliklarni galdagi saralab olish boshlandi.
Yangi tanlov jarayoni oʻtgi yilgisidan nimasi bilan farqlanadi? Nima sababdan MDHda rus tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda? Kvotalardan tashqari Rossiya OTMlarida yana qanday bepul oʻqishning muqobil usullari bor? Shu va boshqa savollarga Rossotrudnichestvo rahbarining oʻrinbosari Pavel Shevtsov Sputnik agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida soʻzlab berdi.

Nega Rossiya xorijliklarga kvota ajratadi?

2022-2023 oʻquv yili uchun Rossotrudnichestvo chet elliklar uchun kvotalar hajmini koʻpaytiradi – ular soni 23 mingtaga yetkaziladi. Taqqoslash uchun: joriy oʻquvi yilida agentlik 18 mingta kvota taqdim etdi, deydi Pavel Shevtsov.
“Bir necha yil chet ellik talabalarning Rossiya Federatsisida taʼlim olishi uchun kvotalar sonini koʻpaytirish uchun ish olib borildi, - deya tushuntiradi u. – Bu mavzuda Davlat dumasi deputatlari ham, Sovet Federatsiyasi aʼzolari ham gapirishdi. Mana bu Rossotrudnichestvo, Tashqi ishlar vazirligi va Taʼlim vazirligining hamkorlikdagi ishi oʻtgan yili RF Hukumati tomonidan kvotalarni koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror imzolanishiga olib keldi”.
175 ta mamlakat abituriyentlaridan Rossotrudnichestvo tanlovida ishtirok etish uchun arizalar kelib tushadi. Ammo MDH agentlik uchun ustuvor boʻlib qolmoqda, deya taʼkidlaydi Shevtsov.
“Kvotalar barcha MDH mamlakatlari uchun oshiriladi, ayrimlari uchun koʻproq, ayrimlari uchun kamroq, deydi u. – Masalan, Tojikiston uchun kvota 630 tani tashkil etadi. Bu koʻp, shuning uchun bu yerda kvotani kamroq koʻpaytiramiz, 750 tagacha”.
Shu tariqa, agentlik Oʻzbekiston uchun kvotalar soni koʻrsatgichini baravarlashtiradi. Kelgusi yili oʻzbekistonlik abituriyentlar ham 750 ta kvotaga umid qilishlari mumkin. Joriy yilda esa respublika uchun 405 ta kvota ajratilgandi.
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Analitika
Oʻzbekistonlik talabalarning Rossiyada tahsil olishi: kvota, emlanish va yotoqxona
Rossotrudnichestvo kvotalar hajmini taqsimlayotib, chet eldagi Rossiya elchilari va Rossiyaning yetakchi yirik kompaniyalari bilan maslahatlashadi, deya aniqlik kiritadi Pavel Shevtsov.
“Biz mamlakatlar iqtisodiyotlaridan kelib chiqqan holda kadrlarni tayyorlaymiz. Kvotaning asosiy vazifasi – kishi Rossiyaga kelib, sifatli taʼlim olishi va vataniga qaytishi, oʻz mamlakatining iqtisodiy farovonligi uchun ishlashi. Istiqboldagi 4-6 yilda boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti uchun dolzarb boʻladigan mutaxassisliklarga odamlarni taklif qilmoq zarur”, - deydi u.

MDH talabalari – eng faol

Pavel Shevtsov talabalarning oʻzi ham ariza topshirishdan avval bozorni tahlil qilib koʻrayotgani quvonarli hol ekanini qayd etdi.
“Biz tayyorlash yoʻnalishlaridagi jiddiy oʻzgarishlarni koʻryapmiz va talabalar ilgaridek yurist-iqtisodchilikka Rossiyaga shunchalik oʻqish uchun kelishmayotganini tushunyapmiz. Hozir ular OTM reytinglarini kuzatishmoqda va koʻproq klinika tibbiyoti, jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliq mutaxassisliklarni tanlashmoqda. IT-texnologiyalarga talab oshib bormoqda”, - deydi u.
Shevtsov MDHdan boʻlgan talabalar Rossotrudnichestvo tanlovining eng faol qatnashchilari ekanini qoʻshimcha qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya taʼlimiga eng katta qiziqish Tojikiston hissasiga toʻgʻri keladi. Masalan, bu yilgi 630 ta joyga 6 minga yaqin ariza kelib tushgan, yaʼni har bir byudjet oʻringa 9 kishi daʼvogarolik qilgan.
“Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston ham faol”, - deya sanaydi Shevtsov. – Biz MDHning Rossiya taʼlimiga boʻlgan qiziqishining oʻsishini taqriban baravar proportsiyalarda koʻramiz. Bu, avvalo, mamlakatlarimizning anʼanaviy, tarixan yuzaga kelgan munosabatlari bilan tushuntiriladi. Shuningdek, biz rus tilini chel elda targʻib qiluvchi asosiy idora sifatida unga boʻlgan qiziqishni koʻryapmiz”.
Shevtsov Ittifoq mamlakatlari ingliz, frantsuz yoki turk tiliga eʼtibor qaratib, turli til modellarini yaratishgan davr boʻlganini taʼkidlaydi. Ammo bugungi kunda sobiq Ittifoq hududida savdo-iqtisodiy munosabatlar va ilmiy aloqalar rivojlanishi bilan rus tiliga boʻlgan talab qaytgan. Rossotrudnichestvo rahbari oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, bu haqda Rossiya oliygohlaridagi nafaqat bakalavriat, balki magistratura dasturlariga boʻlgan qiziqishning ortishi dalolat beradi.
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Jamiyat
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
“Rossiyada oʻqigan avlod oʻsmoqda, ular bu taʼlim sifatli, hayotda yordam berishini tushunishadi. Va magistraturaga kelishadi, yaʼni yosh olim sifatida”, - deydi Pavel Shevtsov.

Rossiyaga oliygohiga onlayn qanday kirish mumkin

Kvota olish uchun arizani onlayn, education-in-russia.com sayti orqali topshirish mumkin.
“Hammasi oson: kishi roʻyxatdan oʻtadi, shaxsiy kabineti yaratiladi, u yerda Rossiyada qaysi mutaxassislik boʻyicha taʼlim olmoqchi ekanini aniqlashtiruvchi boʻlim bor. Masalan, sizni “Moliya va kredit” qiziqtiradi. Demak, siz bu yoʻnalishni tanlaysiz. Tizim “Moliya va kredit” yoʻnalishi boʻyicha tayyorlaydigan barcha universitetlarni koʻrsatadi. Ikkita Moskva, ikkita Sankt-Peterburg va ikkita mintaqaviy OTMni tanlash mumkin”, - deya tushuntiradi Shevtsov.
Keyin abituriyent hujjatlar toʻplamini taqdim etishi kerak. “U ham osongina, - deya hikoya qiladi Pavel Shvetsov. – Shundan soʻng shaxsiy kabinetda test sinovlari oʻtkaziladigan sana va vaqtdan xabar beruvchni xatni kutish kerak. Ularni onlayn topshirish zarur. Barcha mamlakatlar, Tojikiston va Oʻzbekistondan tashqari, biz sinovlarni shu shaklda oʻtkazganmiz”.
Agar abituriyent saralash bosqichidan oʻtolmasa, bu Rossiya sari yoʻl yopilganini anglatmaydi, deb eslatadi Shevtsov. “MDHdan boʻlganlarning turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻqish imkoniyati bor, masalan, vatandoshlar uchun loyihalar, imtiyozli loyihalar ham bor”, - deydi u.
Flagovaya alleya v SFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Jamiyat
Rossiyada oliy maʼlumot: oʻqishga kirish va moslashish haqida
Shuningdek, Pavel Shvetsov Rossiyada koʻplab olimpiadalar oʻtkazilishini qoʻshimcha qiladi. Rossotrudnichestvo qoʻllab-quvvatlaydigan eng mashhur xalqaro olimpiada “Open Doors” deb ataladi, deydi agentlik rahbari oʻrinbosari.
“Olimpiada – iqtidorli bolalarni aniqlashning universial va xolis usullaridan biri. Boshqa olimpiadalar ham bor, ixtisoslashgan. Bu universitetlar olimpiadalari, ularni kuzatish va qatnashish lozim”, - deya xulosa qildi Shevtsov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala