Texnikumlar va kollejlar OTMga o‘qishga kirmaganlarni bepul o‘qitadi

© Sputnik / Taisiya Voronsova / Mediabankka o‘tishElektrik
Elektrik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Prezident qaroriga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:
oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;
turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;
Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkaziladi;
texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-meyoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
OTMlar o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilidan texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirishni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Itogovoe sochinenie po literature v rossiyskix shkolax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2020
Hozirgi texnikumlar oldingisidan nimasi bilan farq qiladi?
Bundan tashqari, OTMga o‘qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitishni nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0