Toliblar Panjsherdagi qarshilik ko‘rsatish kuchlari yetakchisini o‘ldirishmoqchi - Zohir Ag‘bar

© Sputnik / Amir IsayevPosol Afganistana v Tadjikistane Muxammad Zoxir Agbar.
Posol Afganistana v Tadjikistane Muxammad Zoxir Agbar. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi toliblar Panjsherdagi qarshilik ko‘rsatish kuchlari bilan hech qachon muzokara o‘tkazmasligini aytdi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. “Tolibon”* harakati Panjsherdagi Afg‘oniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’udni yo‘q qilish niyatida. Bu haqda Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Ag‘bar RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Toliblar hech qachon ular bilan muzokara o‘tkazmaydi (Panjsherdagi qarshilik kuchlari yetakchilar bilan – tahr. ), ular siyosatchilar emas, balki uch yil avval dunyoning ko‘plab mamlakatlarida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatida bo‘lgan terrorchilar”, — degan elchi.
Ag‘barning fikricha, toliblarning maqsadi “butun Afg‘onistonni tiz cho‘ktirish” va “qarshiliklar yetakchilari, ayniqsa, Ahmad Mas’udni yo‘q qilishdir. Shu bilan birga diplomat “Tolibon”* qarama-qarshi tomon bilan muzokara o‘tkazishga tayyor emasligini ta’kidlagan.
Axmad Masud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Ahmad Mas’ud toliblar bilan muzokaralarda Rossiya ko‘magiga umid qilmoqda
Jangarilar avgust oyida Afg‘onistonning deyarli butun hududini egallab oldi. Panjsher ular nazorati ostida bo‘lmagan yagona viloyat bo‘lib qolmoqda. Afg‘oniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud agar inklyuziv hukumat tuzilib, fuqarolik huquqlari hurmat qilinishini ta’minlasa, toliblarga qarshi kurash yakunlanishini ma’lum qilgandi.
Ahmad Mas’ud – asli kelib chiqishi tojik bo‘lgan, Panjsher sheri laqabi bilan mashhur bo‘lgan afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li. Katta Mas’ud 1990-yillarda toliblarga qarshi kurashgan “Shimoliy alyans”ga rahbarlik qilgan, 2001-yili esa o‘ldirilgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0