Dunyoda

Xitoyda voyaga yetmaganlar uchun onlayn oʻyinlarga keskin choralar joriy etildi

Geymer - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Endi onlayn oʻyinlar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bolalarga haftasiga faqat uch kun oʻynashga ruxsat berishi kerak.
TOSHKENT, 1 sen – Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi matbuot va bosma ishlari boʻyicha davlat boshqarmasi onlayn oʻyinlarda vaqtini oʻtkazadigan voyaga yetmaganlar uchun keskin cheklovlar joriy etdi. Bu haqdaSinxua” agentligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, sentyabrdan Xitoyda yangi qoidalar kuchga kiradi. Endi onlayn oʻyinlar sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bolalarga haftasiga faqat uch kun – juma, shanba va yakshanba, shuningdek, bayram kunlari oʻyin oʻynashga ruxsat beradi. Voyaga yetmaganlar shu kunlari faqat bir soat, 20:00 dan 21:00 gacha, oʻyin oʻynashlari mumkin. Maxsus komissiya bu talablarga rioya qilinayotgani yoki qilinmayotganini tekshiradi.
Mestnыe jiteli goroda Lxasa v Tibete - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Dunyoda
Xitoyda ovqat isrofgarchiligiga qarshi qonun qabul qilindi
Shu bilan bir qatorda oʻyin akkauntlariga nisbatan talablar kuchaytirilmoqda. Taʼkidlanishicha, bunday chora “yosh avlodning sogʻlom rivojlanishi uchun qulay muhitni” yaratishga imkon beradi.
2019 yilda Xitoyda onlayn oʻyin oʻynaydigan bolalar uchun komendantlik soati joriy qilingandi. Voyaga yetmaganlarga soat 22:00 dan 08:00 gacha oʻynash taqiqlanadi. 2021 yilda Xitoy hukumati onlayn oʻyindar uchun yuzni tanib oluvchi tizimini ishga tushirdi. U taqiqlangan vaqtda oʻzini katta qilib koʻrsatgan bolalarni aniqlaydi.
Yangi tizim pasport maʼlumotlariga boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻlgan oʻyinchining yuzini skaner qiladi. Agar oʻyinchi yuzini koʻrsatishdan bosh tortsa, u oʻz oʻzidan voyaga yetmagan sanaladi. Keyin u kompyuter oʻyinlariga mukkasidan ketganlarning ehtimoliy roʻyxatiga kiritiladi va avtomatik ravishda oʻyindan chiqarib tashlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader