Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

© SS0 / Unsplash / NosirFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Obuna bo‘lish
Zabihulloh Mujohid nomidan yuborilgan tabriknomada do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bildirilgan.
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma keldi.
Pandjsherskoe ushelye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Tolibon* Panjsherda harbiy operatsiyani boshlaydi
"Biz qo‘shni do‘st O‘zbekiston Hukumati va xalqini Mustaqillikning 30-yilligi bilan tabriklaymiz va bizning eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Biz Qodir Ollohdan O‘zbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va g‘ururini asrashini tilab qolamiz. O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarini nafaqat yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va ma’naviy qadriyatlar birlashtiradi va bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi. Biz O‘zbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bog‘lab qolamiz", - deyiladi tabrik matnida.
Yangiliklar lentasi
0