Iqtisod

Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamgʻarmasi tashkil etiladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы: yevro i dollarы
Denejnыe kupyurы: yevro i dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Kapitali 500 million dollarga yetkazilishi koʻzda tutilgan mazkur jamgʻarma yoshlar, ayollar va qishloq aholisini tadbirkorlikka jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati koʻmagida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan bank boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yigʻilishida soʻzlagan nutqida maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, jamgʻarma Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
“Kapitali 500 million dollarga yetkazilishi koʻzda tutilgan mazkur jamgʻarma yoshlarimiz, ayollarimiz va qishloq aholisini tadbirkorlikka jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qiladi”, - dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala