Migratsiya

Oʻzbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga charter poyezdlar yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda

© Sputnik / Etvesh StasPoyezd iz Uzbekistana na jeleznodorojnom vokzale v Moskve
Poyezd iz Uzbekistana na jeleznodorojnom vokzale v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Rossiya Qurilish vazirligi rahbari oʻrinbosari yil oxirigacha oʻzbekistonlik migrantlar uchun charter poyezdlar yoʻlga qoʻyilishi mumkinligini aytdi.
TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiyaga Oʻzbekistondan migrantlarni Rossiyadagi qurilish ishlarida ishlashlari uchun charter poyezdlarda olib kelish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Qurilish vazirligi rahbari oʻrinbosari Nikita Stasishin Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu masalani Oʻzbekiston hukumati bilan muhokama qilish rejalashtirilgan.
“Tez orada Oʻzbekistonga safar tashkillashtiramiz. Biz pilot rejimda saralab olib, emlash va Oʻzbekistondagi mehnat migrantlari bilan bogʻliq hamma narsani tashkillashtirishni rejalashtiryapmiz. Bu bizga mehnat migrantlarini poyezdlarda xavfsiz, Qozogʻiston hududi orqali tashkillashtirilgan holda olib kelish imkonini beradi”, - dedi Stasishin. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiyalik amaldor yil oxiriga qadar bu jarayon toʻliq yoʻlga qoʻyilishiga umid qilinayotganini qoʻshimcha qildi.
91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Migratsiya
Oʻzbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi
Avvalroq Rossiya Qurilish vazirligi Rossiyadagi qurilish ishlari uchun mehnat migrantlarini charter poyezdlarda olish kelish imkoniyatini oʻrganib chiqayotgani maʼlum boʻlgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala