Paralimpiada-2020: Husniddin Norbekov oltin medalni qo‘lga kiritdi

© Paralimpiyskiy komitet UzbekistanaXusniddin Norbekov
Xusniddin Norbekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Obuna bo‘lish
Husniddin Norbekov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining yengil atletikaning F35 klassida erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
Finalda Husniddin Norbekov 16.13 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Endi u ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempionidir. U Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarida disk uloqtirish bo‘yicha jahon rekordini yangilagan holda chempion bo‘lgan edi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 taga yetdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza
Yangiliklar lentasi
0